1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Xujayralarning o’zaro birikishi turlari va struktur-funktsional tavsifi



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə2/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

3.Xujayralarning o’zaro birikishi turlari va struktur-funktsional tavsifi.
1. Oddiy birikish. Hujayra plazmatik membranalari bir-biriga parallel yotib, ular orasi da taxminai 20 nm kenglikdagi hujayra oraliq moddasi joylashadi. Ana shu modda ikki plazmatik membrananing bog`lanishini ta’minlaydi. 2. Zich birikish yoki membranalarning zich jipslashgan zonasi. Bu birlashish epiteliy to`qimasiga xos bo`lib, u hujayrani har tarafdan o`rab turadi. Bu birlashish sohasida umuman hujayra oraliq moddasi bo`lmay, qo`shni membranalarning oqsil molekulalari o`zaro qo`shilib ketadi. Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh qavatli membranani ko`ramiz (har bir plazmatik membrana elektron mikroskop ostida 3 qavat bo`lib ko`rinsa, bu sohada 2 plazmatik membrananing to`q qavatlari birlashib, 5 qavatli bo`lib ko`rinadi). Bu birlashish ichak epiteliy hujayralari sohasida turli moddalarning ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Natijada, zaharli moddalar ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`ta olmaydi. Moddalar faqat epiteliy hujayralariga so`rilish hisobiga ichki muhitga o`tishi mumkin. Oddiy birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o`rab turadi va natijada o`ziga xos belbog`ni hosil qiladi.
3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish. Elektron mikroskopda ko`rilganda desmosoma sohasida qo`shni hujayralar sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo`nalgan bo`rtmalari ko`zga tashlanadi. Bu bo`rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo`lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o`zaro birlashadi. Plazmolemmani ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni birlashtiruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi.
4. Tirqishli tutashish - bu tutashishda ikki qo`shni hujayralar plazmatik membranalari orasida 2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. tirqishli tutashish sohasida nozik kanalchalar bo`ladi. Tadqiqotchilar fikricha, ikki qo`shni hujayra plazmatik membranalarining oqsillari silindr shaklida tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon tuzilmalar (kanalchalar) joylashgan. Bu naysimon tuzilmalar orqali ionlar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o`tadi. tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va turli molekulalar almashinuvida muhim o`rin tutadi. Undan tashqari, bu tutashish orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin (masalan, yurak mushak hujayralarida). 5. Sinapslar va sinaptik birikish. Nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki nerv hujayrasi orasida - neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo`lmagan tuzilmalar (retseptor va effektorlar) orasida bo`lishi mumkin. 6. Hujayra yon yuzasidagi interdigitatsiyalar tez o`zgaruvchan tuzilma bo`lib, bunda bir hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o`siqchalari qo`shni hujayraning o`siqchalari orasiga kirib birlashadi.



Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin