7. Xujayra ichi xazm qilish va ximoyaning struktur asoslari: lizosomalar, peroksisomalar. Ularning tuzilishi va vazifalari. Peroksisoma(mikrotanacha)larsferik shakldagi, bir membranali organella. Ular kislorodni utilizatsiya qiladi. Hujayra metobolizmida qatnashmaydi. Peroksisomalardagi katalaza H2O2 ni parchalaydi. Katalaza aktivligi Buyrak va jigarda ba’zi toksik moddalarni, dori vositalarini zararsizlantiradi. Peroksisomalar lipid almashinuvida, o’t kislota, xolesterol hosil bo’lishida ishtirok etadigan fermentlarni saqlaydi.
Lizosomalarhujayra ichi hazmini va organellalarning yangilanib turishini ta’minlovchi organella. Lizosoma membranali pufakchalar bo’lib, 40 dan ortiq gidrolitik fermentlarni saqlaydi. Lizosomalar fagotsitoz xususiyatiga ega bo’lgan hujayrada ko’plab uchraydi. Lizosomal fermentlari donador endoplazmatik to’rda sintezlanib, keyin Goldji kompleksiga o’tkaziladi. U yerda modifikatsiya bo’ladi va qadoqlanib lizosomalarga aylanadi. Hazm qilish protsessida hali qatnashmagan lizosomalarni - birlamchi lizosomalar deyiladi. Lizosomalar hujayraga tushgan mahsulotni hazm qilish xususiyatiga ega. Materialni fagasomaga qamrab olinib, birlamchi membranalar u bilan qo’shiladi va vakuolga gidrolitik fermentlarini ajratadi. Natijada ikkilamchi lizosoma yoki geterolizosoma hosil bo’ladi. Hazm bo’lmagan makromolekulalar vakuolning ichida saqlanib, qoldiq tanacha nomini oladi. Lizosomaning yana bir vazifasi tsitoplazmadagi organellalarning yangilanishi bilan bog’liq. Lizosomalar organizmdagi yallig’lanish va modda almashinuvini jarayonlarida ham ishtirok etadi.
8. Xujayra tayanch apparatining (sitoskelet) struktur tashkiloti: mikronaychalar, mikrofilamentlar, oraliq filamentlar. Ularning funktsional axamiyati. Tsentrosoma. Sitoskelet murakkab to’r bo’lib;(1) mikronaychalar, (2) mikrofilamentlar (aktin filamentlar) va (3) oraliq filamentlardan iborat. Tsitoskelet tarkibiga kiruvchi oqsillar hujayraning shaklini ushlab turish, organellalar va tsitoplazmatik pufakchalarning xarakatida muhim rol o’ynaydi. Tsitoskeletning asosiy vazifalari 1.Struktur: hujayralarga struktur tayanch; hujayralararo aloqani ta’minlaydi 2.Xarakat:Tsitozolda oqim xarakati va hujayra xarakatini ta’minlaydi, hujayra bo’linish davrida xromosomalarni taqsimlanishini.
Mikronaychalar yarim qattiq naysimon tuzilmalar polimerlashgan geterodimer tubulindan tashkil topgan devorlarga ega; ularning tuzilishi dinamik, barqaror ulangan dissotsiatsiyalangan tubulin. Asosiy vazifasi: Xujayra shakli va qutbni turg’un ushlab turadi, organellalar uchun yo’l xosil qiladi makromosomalarni, kiprikchali va xivchinlarni xarakatlantiradi.
Mikrofilamentlar kalta, egiluvchan, dinamik aktin iplaridan tashkil topgan bo’lib, uzunligining o’zgarishi va bog’langan oqsillar qisqarishi sitoplazmani yopishqoqligi va harakatini boshqaradi. Asosiy vazifasi: Xujayra qisqarishi va xarakatini , xujayra shakli o’zgarishi, sitokinez, sitoplazma transporti va oqimni ta’minlash.
Oraliq filament asosiy vazifasi: Xujayra va to’qimalarni kuchaytiradi, xujayra va yadro shaklini o’zgarmas xolatda ushlab turadi.
Sentrosoma yadro yonidagi amorf soha;bir juft sentrioladan iborat. Mikronaychani xosil qiladi; Bo`linish urchig`ini shakilanishida ishtrok etadi.