1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Moddalarni plazmolemma orqali transporti. Endotsitoz va ekzotsitoz



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə3/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

3. Moddalarni plazmolemma orqali transporti. Endotsitoz va ekzotsitoz.
Ekzositoz - membrana bilan o’ralgan to’qima plazmatik membrana bilan qo’shilib, hujayradan tashqi muhitga ichidagi moddaning membranana butunligiga shikast etmay chiqarilishi. Masalan, me’da osti bezining ekzokrin qism hujayralari, so’lak bezining hujayralari sekretini ajralishi. Membrana manfiy zaryadlanganligi uchun membranali tuzilmalar u bilan birlashmasdan, balki bir-biridan itariladi. Shuning uchun ekzositoz maxsus fuzogen oqsillar yordamida kechadi (oqsillarning birlashishini ta’minlaydi). Bu jarayonni Ca boshqaradi. Ca ionlari sitozolda oshishi ekzositozni ishga tushiradi. Endositozda hujayra membranasi qismi endositoz pufakga aylanadi; ekzositozda hujayra membranasi hujayra yuzasiga qaytadi. Bu membranali transport deyiladi.


4. Xujayra umumiy tuzilishi. Sitoplazma.Umumiy morfofunksional tavsifi. Organellalar klassifikatsiyasi.
Hujayra ikkita asosiy komponentdan iborat: tsitoplazma, yadro. Tsitoplazma tashqaridan plazmatik membrana (plazmolemma) bilan ajralib turadi. Tsitoplazmaning asosiy suyuq tarkibi matriks yoki tsitozol bo’lib, uning tarkibida metobolik strukturalar bo’lmish organellalar suzib yuradi ular membranali (mitoxondriya) va membranasiz (ribosoma va proteosoma) bo’ladi. Organellalar bilan birga tsitoplazmada oqsil tuzilma sitoskelet ham bor, u eukariot hujayralarning shakli va xarakatini ta’minlaydi. Tsitoplazmaning ikkinchi darajali tuzilmalari uglevod, lipid yoki pigment tutuvchi kiritmalar.
Hujayra organellalari – ma‘lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaruvchi hujayraning doimiy tarkibiy qismi. Ularga:mitoxondriya, endoplazmatik to`r, ribosoma va polisoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Hujayra organellalarini tuzilishiga qarab membranali va membranasizga bo`linadi. Membranali organellalarga mitoxondriya, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, lizosoma va peroksisomalar kirib, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi. Membranalar asosan lipid, oqsil, suvdan tashkil topgan. Membranasiz organellalarga: ribosoma va polisoma, mikronaycha, sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kiradi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin