26. Ichki muhit to’qimasi. Plazma va uning tarkibi. Qonning shaklli elementlari. QON PLAZMASI-Rangsiz, tiniq suyuqlik bo`lib, 90-92% suvdan va 8-10% quruq moddadan iborat. Quruq moddaning 5,5-8% oqsillar bo`lib, 2-3,5% ni esa organik va mineral birikmalar hosil qiladi. Qon oqsillaridan eng muhimlari albumin (4,5-5,5%), globulin (1,2-2,5%) va fibrinogendir (0,2-0,6%).
Fibrinogen fibrin tolalariga aylanish xususiyatiga ega bo`lib, qon ivishida muhim ahamiyatga ega. Fibrinogensiz plazma qon zardobi deb ataladi. Plazmada mineral moddalardan temir, kaliy, kaltsiy, fosfor, mis va boshqalar bo`lib, ular ko`pchilik hollarda organik moddalarning tarkibiga kiradi. Plazma tarkibida modda almashinuv mahsulotlari - mochevina, kreatinin, yog` va karbonsuvlar ham bo`ladi. Plazmaning muhiti (pH) neytral bo`lib, fiziologik sharoitlarda 7,37-7,45 ga teng. Uning doimiyligi bufer sistemalar tufayli saqlanadi.
Qon shaklli elementlariga qizil qon tanachalari - eritrotsitlar, oq qon tanachalari - leykotsitlar va qon plastinkalari - trombotsitlar kiradi.
Eritrotsitlar eng ko`p sonli qon hujayralari hisoblanadi. Sog`lom erkaklarda ularning soni 1 mm2 qonda 4,0-5,5 mln, ayollarda esa 4,0-5,0mlnga tengdir.
Leykotsitlar tuzilishi va vazifalari turlicha bo`lgan hujayralar gruhini tashkil etadi. Barcha leykotsitlar o`z sitoplazmasidagi maxsus donachalarga qarab ikki katta gruppaga ajratiladi: 1) donador leykotsitlar yoki granulotsitlar, 2) donasiz leykotsitlar yoki agranulotsitlar. Granulotsitlar ularning donachalari qaysi bo`yoqlar bilan bo`yalishiga qarab neytrofillarga (ham kislotali, ham ishqoriy bo`yoqlar), eozinofillarga (faqat kislotali bo`yoqlar) va bazofillarga (faqat ishqoriy bo`yoqlar) bo`linadi. Agranulotsitlar esa kelib chiqishi, tuzilishi va funktsional belgilariga qarab ikki gruppaga - limfotsitlarga va monotsitlarga bo`linadi.
27. Eritrotsitlar, tuzilishi, vazifalari. Retikulotsitlar. Eritrotsitlar o’ta differentsiallashgan xujayralar bo’lib,tsitoplazmasida yadro va kislorod tashuvchi gemaglobin oqsili bilan to’lgan. Eritrotsitlar o’zining vazifasini bajarishi uchun qon tomirdan chiqmaydigan, qonning yagona xujayrasidir. Odamning eritrotsitlari, ikki tamonlama botiq,disk shaklida bo’ladi. Ularning o’lchami 7,5 mkm atrofida, diametri 2,6 mkm bo’ladi. Diametri 9 mkm dan kattaroq bo’lgan eritrotsitlar makrotsitlar, 6 mkmdan kichigi - mikrotsitlar ,o’lchovlarining keskin o’zgarishlariga anizotsitoz deyiladi. Eritrotsitlarning miqdori ayollarda 1 mkltrda o’rtacha 3,9 - 5,5 million mm3 ,erkaklarda 4.1-6.0 mln mm3 da bo’ladi. Eritrotsitlar odatda juda egiluvchan yoki bukiluvchan bo’ladi.
Eritrotsitlarning plazmolemmasi tuzilishi bo’yicha xujayra membranasini eslatadi.Uning 40% lipid, 10% karbonsuvlar va 50% oqsillardan iborat. Periferik oqsillar eritrotsitlarning shaklini belgilaydi, membrana skeleti sifatida hizmat qiladi. Eritrotsitlarning tsitoplazmasida organellalari bo’lmaydi, ichi gemoglabin bilan to’lgan.
Gemoretikulotsitlar - hali oxirigacha yetilmagan yosh eritrotsitlardir. Gemoretikulotsitlar miqdori sog`lom odamda 1-6% bo`lib, ularning miqdori kamqonlik kasalliklarida ko`payadi.