1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə22/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

Taloqda qon yaratilishi. Embrional hayotning birinchi yarmida taloqda gemopoezning barcha hujayralari taraqqiy etadi. Taloqda ekstravaskulyar qon yaratilishining manbai bo`lib mezenximadan takomillashuvchi o`zak hujayralar hisoblanadi. Homila tug`ilishi paytiga taloq asosan agranulotsitlar va trombotsitlarni yaratuvchi manba rolini o`taydi.
Limfa tugunida qon yaratilishi. Embrion taraqqiyotining uchinchi oyiga kelib limfa qopchasi devorining mezenximasidan harakatchan o`zak hujayralari ajralib chiqa boshlaydi. Mezenxima sintsitiysi retikulyar to`qimaga aylanib, bu to`qima orasida erkin hujayralar-limfoblastlar va limfotsitlar joylashadi.
Buqoq bezida qon yaratilishi. Timusda T-limfotsitlar yaratilishi homila takomilining 9-10 haftasidan boshlab, homila tug`ilgandan keyin ham davom etadi. Timus T-limfotsitlarning asosiy yaratilish manbaidir.
Suyak ko`migida qon yaratilishi embrion taraqqiyoti oxirgi oylarida boshlanib, homila tug`ilgandan keyin kuchayadi. Voyaga yetgan organizmda suyak ko`migi eritrotsitlar, donali va donasiz leykotsitlar va qon plastinkalari yaratiladigan eng asosiy universal organ bo`lib qoladi. Suyak ko`migi timus va boshqa qon yaratuvchi organlariga o`zak hujayralarni stkazib beradi. U B-limfotsitlarning asosiy taraqqiyot manbaidir.
36. Limfa. Yaratilishi, tuzilishi va vazifalari.
Nozik limfatik tomirlarda sarg`imtir oqsil tabiatiga ega bo`lgan, tarkibida shaklli elementlarni saqlagan suyuqlik-limfa oqadi. Limfa - limfoplazmadan va shaklli elementlardan iborat. Tarkibi jihatidan limfoplazma qon plazmasiga yaqin, ammo oqsillari ancha kam. Albumin limfoplazmada globulindan birmuncha ko`p. Oqsillardan tashqari fermentlar, neytral yog`lar, oddiy karbon suv, erigan mineral tuzlar va mikroelementlar ham bo`ladi. Shaklli elementlari asosan limfotsitlar (95-98%), monotsitlardan tashkil topgan. Limfa to`qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo`ladi va limfatik tomirlar orqali limfa tuguniga quyiladi. U yerdan limfa tomirlariga o`tib venaga quyiladi. 3 xil limfa suyuqligi farqlanadi: 1. Periferik limfa (limfa tugunigacha); 2. Oraliq limfa (limfa tugunidan o`tgandan so`ng); 3. Markaziy limfa (ko`krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa). Limfa suyuqligi limfa tugunlaridan o`tish jarayonida limfotsitlarga boyiydi. Markaziy limfa tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini ko`p tutadi.
Limfotsitopoez: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin