1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Tolali biriktiruvchi to’qimalar. Morfofunktsional tavsifi, turlari, hujayralar, hujayralararo modda, tarkibi va ahamiyati



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə23/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

37. Tolali biriktiruvchi to’qimalar. Morfofunktsional tavsifi, turlari, hujayralar, hujayralararo modda, tarkibi va ahamiyati.
Tolali biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari va hujayralararo moddaning nisbati turlicha. Siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari ko’p, hujayralararo tolalari esa kam. Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir. Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima organizmning turli organ to`qimalari tarkibida bo`ladi va doimo qon tomirlar devori bo`ylab joylashadi. U trofik, himoya, plastik va mexanik (tayanch) vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini (gomeostazni) belgilaydi.
Tolalari ko’pligi bilan keskin farq qiluvchi to’qima zich biriktiruvchi to’qimadir. U ko’proq tayanch vazifasini o’taydi. Agar zich biriktiruvchi to’qima tolalari turli yo`nalishda yotsa – shakllanmagan, tolalar tartibli joylashsa shakllangan zich biriktiruvchi to’qima deyiladi. Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu to`qimaning kasalliklarini (kollagenozlarni) va turli jarayonlarga bo`lgan javobini (immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya) tushunishga yordam beradi.
38. Asl biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi, turlari.
Asl biriktiruvchi to’qima 2 ga bolinadi: siyrak va zich biriktiruvchi to’qima. Siyrak biriktiruvchi to’qima Epiteliy to’qimasini ushlab turish vazifasini bajaradi. Xazm a’zolarida epiteliy ostida xususiy qavatni xosil qiladi. Mushak va nerv tolalari orasidagi bo’shliqni to’ldiradi.Mayda qon-tomirlar atrofida pardalar xosil qiladi.
Zich biriktiruvchi to’qima kuchli zo’riqishlarga chidamliligi bilan birga himoya funktsiyalarni ham bajaradi. Zich biriktiruvchi to’qima oz miqdarda egiluvchan, lekin tashqi kuchlanishga chidamliligi bilan siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan farq qiladi. Agarda zich biriktiruvchi to’qimada kollagen tolalari tutamlar holatida, lekin tartibsiz joylashsa bu zich shakllanmagan biriktiruvchi to’qima hisoblanadi. Zich biriktiruvchi to’qima siyrak biriktiruvchi to’qima bilan bog’langan bo’lib, bu ikki to’qima bir-biriga o’tishi mumkin. Zich shakllangan biriktiruvchi to’qimada I tip kollagen tolalar tutamlar xosil qilib, tartibli joylashganligi bilan farq qiladi. Kollagen tolalari bu to’qimada fibroblastlar bilan bir xilda yo’nalgan bo’lib,kuchli uzoq muddatli kuchlanishlarga mos ravishda joylashgan, shuning uchun bu to’qima tortilish kuchiga juda chidamli. Zich shakllangan biriktiruvchi to’qimaga paylar,bog’lamlar, fibroz membranalar yaxshi misol bo’ladi.



Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin