1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v
39. Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima deyilishiga sabab tolalari siyrak va tartibsiz joylashgan. Tolalar, xujayralar, asosiy modda bir xil nisbatda joylashadi. Bu to’qimani eng ko’p tarqalgan xujayrasi fibroblastlardir. Fibroblastlar tolalardan kollagen, elastik, retikulyar sintezlaydi.Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima egiluvchanlik va qon tomirlarga boyligi va zo’riqishlarga chidamliligi bilan xarakterlanadi.
Fibroblastlar biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanadi. Fibroblast yirik (20 mkm) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellalari va kiritmalari joylashgan qismdir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar bor. Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda(psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm mikrofibrillalar yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat muayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qima turli darajada yetilgan kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichiga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. yetuk fibroblastlar biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari differentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi.