1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima,morfofunktsional tavsifi. Makrofaglar, tuzilishi va ularning immunitetdagi roli. Mononuklear fagotsitlar sistemasi (MFS)



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə25/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

40. Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima,morfofunktsional tavsifi. Makrofaglar, tuzilishi va ularning immunitetdagi roli. Mononuklear fagotsitlar sistemasi (MFS).
Makrofaglar biriktiruvchi to`qima hujayralarining 10-20% ini tashkil qiladi. Ikki turi farqlanadi: erkin va o`troq makrofaglar. O`troq (fiksatsiyalangan) makrofaglar jigar, taloq, suyak ko`migi, limfa tugunlari, markaziy nerv sistemasi va yo`ldoshda uchraydi. Makrofaglar yumaloq va ovalsimon shaklda. Hujayra yadrosi xromatinga boy, uning sitoplazmasida organellalardan tashqari ko`p miqdorda kiritma va vakuolalar bo`ladi. Tinch holatda makrofaglar harakatlanmay, infektsiya tushganda kattalashadi va amyobasimon harakatlana boshlaydi. Makrofaglar kuchli fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega bo`lib, organizmni turli bakteriya va mikroblardan, har xil yot jinslardan hamda to`qimada hosil bo`lgan degenerativ elementlardan tozalashda katta rol o`ynaydi. Ular biriktiruvchi to`qima «sanitarlari» deyiladi. Sitoplazmasi turli xil lizosomalarga boy. Makrofaglarda oqsil sintez qilish jarayoni yuqori. Qon yaratuvchi a’zolarning makrofag hujayralari, jigar yulduzsimon hujayralari, nerv to`qimasining fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega bo`lgan gliya elementlari (mikrogliya), o`pka to`qimasidagi «chang» hujayralari organizmda diffuz tarqalgan himoya vazifasini o`tovchi hujayralar majmuasini hosil qilib, ularni «mononuklear fagotsitlar sistemasi» (MFS) deb yuritiladi. Makrofaglar organizmning immunologik javobida muhim o`rin egallab, immunokompetent hujayralarga antigen to`g`risida ma’lumot yetkazib beradi. Makrofaglar turli xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Bugungi kunda makrofaglar ishlab chiqaradigan 40 dan ortiq moddalar aniqlangan. Ularga turli monokinlar, prostaglandinlar, siklik nukleotidlar, interferon, lizotsim, turli fermentlar (proteazalar, kislotali gidrolazalar, glyukuronidazalar) va boshqalar misol bo`ladi. Makrofaglar hujayraviy immunitet jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Ular o`zlaridan yot va o`sma hujayralarni halok qiluvchi sitotoksinlar ishlab chiqaradi. Makrofaglar hujayraviy immunitetning asosiy hujayralari bo`lmish T-killerlarning faoliyatini boshqarishda ham qatnashadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin