49. Suyak to’qimasi, turlari, hujayralari va hujayralararo moddalari. Osteoblastlar suyak matriksining organik komponentini sintezini ta’minlaydi (1 tip kollagenlar, proteoglikanlar va glikoproteinlar). Suyakning noorganik komponentlarining to`planishi ham osteoblastlarga bog’liq. Osteoblastlar bir qavatli epiteliyni eslatib, suyak to’qimasining yuzasida yonma yon yotadi. Ular matriks sintezida aktiv ishtirok etgani uchun shaklini kubsimondan ustunsimonga o’zgartirib turadi. Faol bo’lmagan osteoblastlar yanada silliqlashib ikkala parda endost va periostda suyak hosil qiluvchi hujayralarni hosil qiladi.
Osteoblastlar qutiblanuvchi hujayralar turiga kiradi. Hujayra qari matriksga tegib turgan yuzasiga matriks komponentini sintez qiladi. Osteoblast qavati va ilgari xosil bo’lgan suyak orasida yangi (minerallashmagan) matriks qavati - osteoid hosil bo’ladi.
Osteotsitlar osteoblastlardan hosil bo’ladi va matriks orasidagi plastinkalarda mavjud bo’lgan lakunalarda yotadi. Osteoblastlardan osteotsitlar hosil bo’layotganda hujayra uzun tsitoplazmatik o’simtalarni hosil qilib, matriksga botib kiruvchi ingichka silindrik kanalchalarni hosil qiladi. Osteoblastlardan farqli ravishda bodomsimon zichlashgan osteotsitlarda donador endoplazmatik tor va Golji kompleksi sust rivojlangan va yadro xromatini nisbatan quyuqlashgan. Bu hujayralar suyak matriksi normal xolatini ushlab turishida qatnashadi. Ularning o’limi matriksning rezorbsiyasiga olib keladi. Osteotsitlarning lakuna-kanalcha to’ri hujayralarning boshqa suyak hujayralari bilan bog’lab, osteotsitlarning qo’shimcha kaltsiy gomeostazi vazifasini hosil qiladi.
Osteoklastlar- juda yirik, xarakatchan ko’p yadroli hujayralardir va suyak o’sishi va qayta tiklanishida matriks rezorbtsiyasida muhim rol o’ynaydi. Osteoklastlarning hosil bo’lishi uchun osteoblastlar ishlab chiqargan ikkita polipeptid zarur: makrofag-koloniya stimullovchi faktor (M-CSF) va nuklear faktor-kB ligandani faollovchi retseptorlar (RANKL). Rezorbtsiyaga uchragan suyak qismlarida osteoklastlar, ferment ta’sirida hosil bo’lgan rezorbtiv bo’shliq (Xouship lakunalari) matriks chuqurchalarida yotadi. Faol osteoklastlarning suyak matriksiga qaragan yuzasi burmali va noto’g’ri shaklda bo’lib, matriks adgeziyasi zonasiga qaragan yuzasi tsitoplazma aktin filamentlarga boy burmali jiyak deb ataladi. Osteoklast kollagenaza, katepsin K va boshqa fermentlarni sekret qiladi, va maxalliy kollagenlarni parchalab, kaltsiy tuzlari kristallarini eritgan xolda, subhujayraviy chuntikka protonlarni kiritadi. Osteoklastlarning faolligi sitokinlar va gormonlar orqali boshqariladi.