Suyak to`qimasining hujayralararo moddasi ohaklashgan bo`lib, ikki qismdan: tolalardan va asosiy moddalardan iborat. Tolalar organik moddalardan tashkil topgan bo`lib, ular ossein yoki osteokollagen tolalar deb ataladi. Bu tolalar o`z xossalariga ko`ra I tip kollagen tolalar bo`lib, ko`ndalang-targ`il tuzilishga ega. Ossein tolalari tartibsiz yoki ma’lum tartibli yo`nalishda joylashadi.
Asosiy modda suyak to`qimasida asosan mineral tuzlardan tashkil topgan bo`lib, qisman xondroitinsulfat kislotasi ham uchraydi. Suyak to`qimasining asosiy moddasi apatitgidrooksid kristallari sifatida namoyon bo`lib, suyakning asosi bo`lgan ossein tolalariga nisbatan tartibli joylashgyan. Mineral tuzlar ignasimon zarrachalar bo`lib, to`g`ri chiziqli shaklga ega. Yosh suyak to`qimasida gidrooksid kristallari hosil bo`ladi, ular assein fibrilla tolalari ichida va ularning atrofida joylashadi.
50. Dag’al tolali va plastinkasimon suyaklar. Morfofunktsional tavsifi. Plastinkasimon(Ikkilamchi)suyak to’qimasi asosan yoshi katta odamlarda uchraydi. Belgisi - bir biriga paralel yotgan yoki tomirli kanal atrofini kontsentrik o`ragan plastinkalarda joylashgan kollagen tolalar. O`zida qon tomir, nerv va siyrak tolali biriktiruvchi to’qima saqlagan kanalni kontsentrik o`ragan suyak plastinkalar kompleksi - osteon (Gavers sistemasi)deb ataladi.Osteotsitlar joylashgan lakunalar plastinkalar orasida, ba’zan esa ichida joylashadi.Xar bir plastinkada kollagen tolalar bir biriga paralel yotadi. Gavers sistemasini tashqi tomondan tarkibida kam miqdorda kollagen tola tutgan minerallashgan matriksdan iborat amorf modda qavati uraydi. Bu qavat tsementlovchi xoshiya deb ataladi.
Kompakt suyaklarning (masalan, naysimon suyakning diafiz qismida) plastinkasiga quyidagi tuzilish xos: gavers sistema, tashqi aylana plastinka, ichki aylana plastinka. Ichki aylana plastinkalar qizil suyak ko’migi atrofida joylashadi. Tashqi aylana plastinkalar esa suyak usti pardasi tagida yotadi. Suyak to’qimasi doimiy ravishda qayta tiklanishga uchragani uchun gavers kanallari kengligi bir biridan farq qiladi. Xar bir gavers sistemasi plastinkalar rivojlanish davomida periferiyadan markazga qarab suriladi. Shuningi uchun nisbatan yosh tizimlar kengrok bo’ladi. Etilgan gavers sistemasi markazga yaqin joylashadi.