1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə30/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

Fibroz membranalar - fassiyalar, aponevrozlar, diafragmaning pay markazlari, ba’zi organlarning kapsulasi, tog`ay ustki pardasi, sklera, tuxumdon va urug`donlarning oqlik pardalarini hosil qiladi. Aponevrozlar, fassiyalar va diafragmaning pay markazi bir-birining ustida bir necha qavat bo`lib yotgan kollagen tolalar tutamlari va ular orasida joylashgan hujayralardan iborat. Kollagen tolalar bir-biriga parallel yotadi. Fibroz membranalarda kollagen tolalar tutamidan tashqari, elastik tolalardan iborat to`r ham mavjud.
Plastinkasimon biriktiruvchi to`qima kapsula bilan o`ralgan nerv oxirlarida uchraydi. U kontsentrik joylashgan biriktiruvchi to`qima plastinkalaridan iborat. Plastinkalarning asosiy moddasida tartibsiz chirmashgan ingichka kollagen tolalar joylashgan. Plastinkalar ustida o`simtali, yadrosi oval shakldagi fibrotsit hujayralari yotadi. Plastinkalar orasida odatda fibroblastlar va o`troq makrofaglar uchraydi.
46. Maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi to’qimalar: pigment, retikulyar, yog’, shilliq to’qimalar. Tuzilishi, lokalizatsiyasi va vazifalari.
Retikulyar (to`rsimon) to`qima retikulyar hujayralar va retikulin tolalardan tashkil topgan. Retikulyar hujayralar o`siqlari bilan birlashib, to`rsimon tuzilmani hosil qiladi. Retikulyar hujayralarga retikulin tolalar zich tegib yotadi. Bu to`qima suyak ko`migi, limfa tuguni va taloqning stromasini hosil qiladi. Retikulyar to`qimani ichak shilliq qavatida, buyrakda va boshqa organlarda ham uchratish mumkin. Uning asosiy vazifalaridan biri qon shaklli elementlari ishlab chiqishida maxsus mikromuhit hosil qilishdir. Taloq va limfa tugunining retikulyar to`qimasidan qon yoki limfa doimo o`tib turadi. Shuning uchun bu a’zolarning retikulyar hujayralari yot antigen bilan to`qnashadi va shu antigen to`g`risida limfotsitlarga ma’lumot yetkazib beradi.
Yog` hujayralari biriktiruvchi to`qimaning ma’lum qismlarida to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi. Ikki xil yog` to`qimasi tafovut qilinadi: oq va qo`ngir. Oq yog` to`qimasi hujayralari yog` to`qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi odamda ilk yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing yon taraflarida) uchraydi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi hujayralari sitoplazmasida mayda yog` tomchilari orasida donador endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, ko`p miqdorda mitoxondriya va glikogen kiritmalari joylashadi. Yog’ hujayralaridagi yog` to`plamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g yog` yonganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi. Suv yetishmaganda yog` suv manbai bo`lib ham xizmat qiladi. Organizm soviganda qo`ng`ir yog` to`qimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi. Yog’ to`qimasi mexanik funksiyani ham bajarib, organizmni turli ta’sirlardan saqlaydi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin