1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima,morfofunksional tavsifi.Hujayralararo modda:tolalar,asosiy modda



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə28/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

44. Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima,morfofunksional tavsifi.Hujayralararo modda:tolalar,asosiy modda.
Siyrak biriktiruvchi to`qimaning hujayralararo moddasi amorf (asosiy) moddadan va uch turli tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib, unda retikulyar tolalar kam uchraydi.
Amorf modda biriktiruvchi to`qima takomilining ilk bosqichlarida hosil bo`lib, avvaliga tolalar ko`proq bo`ladi keyinchalik amorf modda differensiallashib, biriktiruvchi to`qimaning bir turida, masalan, terida kam, tog`ayda esa ko`proq glikozaminoglikanlar (mukopolisaxaridlar) tutadi. Normal sharoitda asosiy modda gel konsistentsiyasiga ega. Uning tarkibiga biriktiruvchi to`qima hujayralarida sintezlanuvchi moddalar (sulfatlangan glikozaminoglikanlar-xondroitin-sulfat, geparinsulfat, keratinsulfat, gialuron kislota; fermentlar, immun tanachalar) va qon tomir orqali keluvchi moddalar (albumin, globulin, vitaminlar, gormonlar, ionlar, suv, fermentlar, immun tanachalar va metabolitlar) kiradi. Asosiy modda turli moddalarni qon tomirdan hujayraga yoki metabolizm qoldiqlarini hujayradan qonga o`tishida asosiy tuzilma sanaladi. Amorf modda organizmda modda almashinuvida muhim o`rin tutib, uning o`zgarishi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
SIYRAK BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA TOLALARI
Kollagen faqatgina asl biriktiruvchi to`qimada bo`lmay, balki suyakda – ossein, tog`ayda - xondrin tolalar nomi bilan mavjud. Kollagen tolalar siyrak biriktiruvchi to`qimada turli yo`nalishda yotuvchi to`g`ri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi. Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil - kollagen bo`lib, u fibroblast hujayralarida polipeptid zanjirlar (prokollagen) shaklida hosil bo`la boshlaydi. Kollagen tolalar birlamchi fibrillalardan, ular esa protofibrillalardan, protofibrillalar esa tropokollagenlardan iborat. Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin, glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar ko`p bo`lib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar kam. Kollagen tolalar juda pishiq va cho`zilmaydi.
Elastik tolalar tolali biriktiruvchi to`qimada va biriktiruvchi to`qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Elastik tolalar qalinligi 8-20 nm keladigan fibrillalardan hosil bo`lib, tolalar qalinligi siyrak biriktiruvchi to`qimada 1-3 mkm bo`lsa, elastik bog`lamlarda 8- 10 mkm gacha yetadi. Elastik tolalarda ko`ndalang chiziqlik yo`q. Elastik tola oqsillari umumiy qilib elastin deb ataladi. Elastik tolalar yaxshi cho`ziladi, lekin uzilishi ham oson. Elastik tolalarda vaqt o`tishi bilan mineral tuzlar o`tirib, uni sinuvchan qilib qo`yadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin