1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi. Pigmentotsitlar, lipotsitlar, peritsitlar, adventitsial xujayralar



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə27/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

43. Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi. Pigmentotsitlar, lipotsitlar, peritsitlar, adventitsial xujayralar.
Pigment hujayralar siyrak biriktiruvchi to`qimaning ma’lum joylarida, ko`zning qon tomirli va rangdor pardalarida, terida, sut bezi so`rg`ichi, anus teshigi atrofida ko`proq uchraydi. Pigment hujayralar noto`g`ri shakldagi kalta o`simtali hujayralar bo`lib, sitoplazmasida mayda-mayda pigment donachalarini tutadi. Bu pigment melanin deb atalib, mikroskopda to`q jigarrang bo`lib ko`rinadi. O`zida pigment saqlovchi hujayralar melanoforotsitlar, pigment sintez qilish xususiyatiga ega bo`lgan hujayralar esa melanoblastotsit yoki melanotsitlar deb ataladi. Melaninning hosil bo`lishi endokrin bezlarning faoliyatiga bog`liq. Uning sintez qilinishi ultrabinafsha nurlari va ba’zi bir kimyoviy moddalar ta’sirida kuchayadi. Tadqiqotchilar fikricha bu hujayralar, biriktiruvchi to`qimada joylashsa ham, mezenximadan emas, balki nerv qirrasidan taraqqiy etadi.
PERITSITLAR Qon tomir endoteliy hujayralarining tashqi tomopida bazal membrana hosil qilgan yoriqlarda yoki bazal membrana bilan endoteliy hujayra bazal plazmolemmasi orasida peritsit hujayralari joylashib, ularni perikapillyar hujayralar yoki periangiotsitlar deb ham ataladi. Peritsitlarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hamma tarafdan bazal membrana bilan o`ralgan holda joylashishidir. Bazal membrana peritsitga yaqin yerda ikkiga bo`linib, hujayrani qamrab oladi. Peritsitlar ovalsimon yoki noto`g`ri shaklda. Bu hujayralarda ba’zan nerv oxirlarining tugallanishi peritsitlar qon kapillyarlari teshigining kattaligini boshqarib turadi, degan fikrga olib keladi.
ADVENTITSIAL HUJAYRALAR kam differensiallangan, yassi yoki duksimon shaklga ega hujayralar bo`lib, qon tomirlar atrofida joylashadi. Adventitsial hujayralar hech qachon bazal membrana bilan o`ralmaydi. Ulardan ma’lum sharoitlarda fibroblastlar yoki adipotsitlar (yog` hujayralari) hosil bo`lishi mumkin.
Yog’ hujayralari yoki adipotsitlar asosan qon tomirlar bo`ylab joylashadi. Ba’zi joylarda esa yog` hujayralari to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi.Yog` hujayralari biriktiruvchi to`qimaning kambial elementlaridan, retikulyar va adventitsial hujayralardan hosil bo`lishi mumkin.
Adipotsitlar (ba’zan lipotsitlar deb ham ataladi) ancha yuqori modda almashtirish qobiliyatiga ega. Qon va limfaga so`rilgan yog` tomchilari yoki xilomikronlar tomirlar endoteliysidagi fermentlar ta’sirida yog` kislotalari bilan glitseringa parchalanadi. Bu moddalar adipotsitlar tomonidan so`rilib hujayralarda glitserolkinaza fermenti yordamida yana qayta triglitseridlarga sintezlanadi va yog` zapasi shaklida to`planadi. Adipotsitlarda to`plangan yog` zaruriyat tug`ilgan paytda hujayradan chiqarilib lipaza fermenti yordamida parchalanadi, hosil bo`lgan glitserin va yog` kislotalari qondagi albumin bilan bog`lanib to`qimalarga «yoqilg`i» sifatida yetkaziladi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin