1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə29/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

Retikulyar(retikulin) tolalar Biriktiruvchi to`qimada, qon yaratuvchi a’zolar stromasida, jigarda, qon tomirlar (asosan kapillyarlar), mushak va nerv tolalari atrofida uchraydi. Bu tolalar III tipdagi kollagenga kirib, argirofil tolalar deb ham yuritiladi. Retikulyar tola(rete - to`r)deb nomlanishi ularning to`r hosil qilishini bildiradi. Bu tolalar oqsildan - retykulindan (kollagenning maxsus turi) tuzilgan. Retikulin oqsili kollagen va elastik tolalardagi oqsillardan serin, oksilizin va glyutamin aminokislotalarining ko`pligi bilan ajralib turadi. Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli.
45. Zich tolali biriktiruvchi to’qimalar: turlari, tuzilish xususiyatlari, vazifalari.
Tolalarning joylanish tartibi bo`yicha zich tolali biriktiruvchi to`qimaning shakllangan va shakllanmagan turlari farq qilinadi. Zich shakllanmagan biriktiruvchi to`qima terining to`rsimon qavati va bo`g`in xaltachalari biriktiruvchi to`qimasida uchrab, uning kollagen va elastik tolalari bir-biriga zich, lekin tartibsiz joylashganligi uchun to`rsimon tuzilishga ega. Hujayralar asosan fibroblast va fibrotsitlardan iborat, uzunchoq shaklga ega. Zich shakllangan biriktiruvchi to`qima esa tolalarning tartibli joylashishi bilan farqlanadi. Bu to`qimada tolalarning joylashishi kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan. Shakllangan biriktiruvchi to`qimaga paylar, bog`lamlar, fibroz membranalar va plastinkasimon biriktiruvchi to`qima kiradi.
Paylar pishiq tortmalar bo`lib, mushaklar shu paylar orqali suyakka birlashadi. Paylar bir-biriga parallel yotuvchi yo`g`on kollagen tolalardan tashkil topgan. Kollagen tolalar orasida elastik to`r yotadi. Biriktiruvchi to`qima hujayralaridan esa tolalar orasida yotuvchi fibrotsitlargina bo`ladi. Fibrotsitlar to`rtburchak, uchburchak yoki trapetsiya shakliga ega bo`lib, yon tomondan tayoqcha shaklini eslatadi. Bu hujayralarni pay hujayralari deb ham nomlanadi. Payda har bir kollagen tolalar tutami fibrotsitlar bilan chegaralangan. Bu tolalar birlamchi tartibli tolalar deyiladi. Bu tolalar tashqi tomondan endotenoniy deb ataluvchi siyrak tolali biriktiruvchi to`qimaning yupqa pardasi bilan o`ralgan. Birlamchi tolalar yig`ilib ikkilamchi tolalar tutamini hosil qiladi. Ikkilamchi tolalar tutami o`z navbatida uchlamchi tolalar tutamini hosil qiladi. Bu tolalar tutami tashqi tomondan peritenoniy deb ataluvchi siyrak tolali biriktiruvchi to`qimadan iborat parda bilan chegaralangandir. Shu pardalarda paylarni oziqlantiruvchi tomirlar hamda paylarni innervatsiya qiluvchi nerv tolalari va nerv oxirlari joylashadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin