48. Tog’ay to’qimasi: gialin, elastik, tolali tog’ayning tarkibiy qismi, taraqqiyoti, regeneratsiyasi, yoshga ko’ra o’zgarishlari. Tog`ay to`qimasi tog`ay hujayralaridan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70-80% suv, 10-15% organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid, glikozaminoglikan va proteoglikanlardan iborat. Tog`ay to`qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan hujayra oraliq moddasining asosiy moddasida bo`ladi. Ular tog`ay to`qimasining fizik-kimyoviy xossalarini (zichligini yoki turgorligini) belgilaydi.
Gialin tog`ay ko`p uchraydigan tog`ay turidir. Embrion skeletining ko`p qismi voyaga yetgan organizmda esa qovurg`alarning to`sh suyagiga tutashish joyi, bo`g`imlar yuzasi va havo o`tkazuvchi yo`llar devori gialin tog`aydan tuzilgandir. U ko`kimtir rangi bilan farqlanadi.
Tog`ay tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimaning yupqa qavati - perixondr bilan qoplangan. Tog`ayning yuqori qavatidagi xondrotsit hujayralari xondroblast hujayralaridan ko`p farq qilmaydi, chuqurroq qavatida esa tog`ay hujayralari asta-sekin kattalashadi. Xondrotsitning yuzasi tekis bo`lmay elektron mikroskopda ko`rinuvchi mikrovorsinkalari bor. Bu hujayralar yadrosi yumaloq bo`lib, xromatini kamdir.
ELASTIK TOG’AY TO’QIMASIquloq suprasida, hiqildoqda, hiqildoq usti tog`ayida uchraydi. Ular sarg`ish rangli, xira bo`ladi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo`lib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi. Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to`rni hosil qiluvchi elastik tolalarni ko`rish mumkin. Bu elastik tolalar tog`ay ust pardasiga o`tib ketadi. Ohaklanish kuzatilmaydi.
TOLALI TOG’AY TO’QIMASItolali biriktiruvchi to`qimaning pay,bog`lam turlarini gialin tog`ayga o`tish joylarida uchraydi. Umurtqalararo disklar ham tolali tog`aylardan iborat. Tolali tog`ayda ham hujayralarni (xondrotsitlarni) va hujayralararo moddani ajratish mumkin. Hujayralararo modda parallel yo`nalgan kollagen tolalardan va bazofil bo`yaluvchi amorf moddadan tashkil topgan. Xondrotsitlar oval yoki yumaloq bo`lib, gialin tog`aydan paylarga o`tish davomida yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bo`lib joylashadi.
Tog`ay to`qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. tog`ay to`qimasi hosil bo`ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko`payib, o`simtalarini yo`qotadi va bir-biriga zich yetadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skeletogen kurtak deyiladi. Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujayralararo modda hosil qila oladigan tog`ay hujayralari - prexondroblast va xondroblastlarga differensiallanadi.
Tog`ay regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar tog`ay hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog`ayning hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlangan tog`ay tiklanadi.