1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Mushak to’qimasining umumiy morfofunktsional tavsifi, klassifikatsiyasi. Taraqqiyot manbalari. Mushak to’qimasning regeneratsiyasi



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə36/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

53. Mushak to’qimasining umumiy morfofunktsional tavsifi, klassifikatsiyasi. Taraqqiyot manbalari. Mushak to’qimasning regeneratsiyasi.
Mushak to’qimasi tarkibida qisqaruvchi oqsillar tutuvchi hujayra va simplastlardan tuzilgan. Biologik xususiyatlariga ko’ra mazkur oqsillar mushaklarning qisqarishi uchun zarur kuchni hosil qilib, u a’zolar, qon va butun organizmni harakatga keltiradi. Aksariyat mushak hujayralari mezodermal taraqqiyot manbaiga ega va differentsirovka davomida cho’ziqlashib, ularda ko’p miqdorla aktin va miozin oqsillari sintezlanadi.
Morfologik va funktsional xususiyatlariga ko’ra mushak to’qimasining 3 turi farqlanadi:
Skelet mushak to’qimasi ko’ndalang - targ’illikka ega uzun cho’ziq hujayralar hosil qilgan ko’p yadroli simplastlardan iborat. Bunday mushaklarning qisqarishi tez, kuchli va odatda kishi ixtiyoriga bo’ysunadi.
Yurak mushagi ham ko’ndalang-targ’illikka ega va alohida bir-biriga nisbatan parallel joylashgan tsilindrsimon cho’ziq tarmoqlangan hujayralardan iborat, ularning bir-biri bilan birikkan uchlari sohasida faqatgina yurak mushagi uchun xos bo`lgan tuzilmalar - oraliq disklar joylashgan. Yurak mushagi qisqarishlari ritmik va kishi ixtiyoriga bo’ysunmaydi.
Silliq mushak to’qimasi ko’ndalang-targ’illikka ega bo’lmagan duksimon hujayralar to’plamidan iborat. Mazkur mushaklarning qisqarishi sekin va kishi ixtiyoriga bo’ysunmaydi. Mushakning barcha turlarida qisqarish yo’g’on miozin filamentlarining ingichka aktin filamentlari orasida sirpanishi xisobiga amalga oshadi. Sirpanishning kuchi aktin va miozin o’rtasidagi ko’priklarga boshqa oqsillarning ta’siri natijasida xosil bo’ladi.
Regeneratsiya. Mushak tolasi sarkolemmasida joylashgan mezenxima xujayralari – miosatellit (yo’ldosh) hujayralar regenratsiya manbai hisoblanadi. Yo’ldosh hujayralar bir yadroli duksimon shaklga ega, faol bo’lmagan rezerv mioblastlardir. Shikastlanish yoki boshqa qator stimullardan so’ng tinch holatda bo’lgan yo’ldosh hujayralar faollashadi, ko’payadi va yangi mushak tolalarini hosil qilish uchun bir-biri bilan qo’shiladi. Yo’ldosh hujayralarning bunday faolligi mushaklar gipertrofiyasida namoyon bo’lib, bunda faol jismoniy mashqdan so’ng mushak massasining oshishi bilan ular ona tolalarga qo’shiladi. Yurak mushagidagi nuqsonlar yoki jarohatlar (masalan, infarktlar) odatda, fibroblastlarning proliferatsiyasi va biriktiruvchi to’qimaning o’sishi tufayli chandiq bilan almashinadi. O’lchamlari kichik, duksimon, bir yadroli hujayralardan iborat bo’lgan silliq mushak to’qimasi faol regenerator qobiliyatga ega. Jarohatdan so’ng hayot qobiliyatiga ega silliq mushak hujayralari mitozga uchrab, shikastlangan to’qimani o’rnini egallaydi. Yo’ldosh xujayralar mushak to’qimasi jaroxatlanganda yangi mushak tolalarini xosil qilishda ishtirok etadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin