1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Nerv oxirlari: klassifikatsiyasi, tuzilishi va funktsiyasi. Retseptor va effektor nerv oxirlari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə44/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

63. Nerv oxirlari: klassifikatsiyasi, tuzilishi va funktsiyasi. Retseptor va effektor nerv oxirlari.
Nerv oxirlari sezuvchi (retseptor) va harakatlantiruvchi (effektor) nerv oxirlariga bo`linadi. Retseptor nerv oxirlari butkul reflekslarning boshlanish qismi bo`lsa, effektorlar qo`zg`alishni ishchi a’zolarga yetkazadi.
Retseptorlar ta’sirlanuvchi maxsus (neyroepitelial, neyroglial) hujayralardan va sezuvchi nerv hujayrasining dendrit o`simtalaridan iborat. Ta’sirlanuvchi hujayra presinaptik qism, nerv hujayraning dendrit o`simtasi esa postsinaptik qism sifatida sinapslar hosil qiladi. Retseptorlar ikki yirik gruppaga: interoretseptorlar (ichki a’zolarda va muvozanat organlarida joylashgan) va ekstroretseptorlarga (tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi) bo`linadi. Qabul qilib oladigan ta’sirotning xossasiga ko`ra mexanoretseptorlar, baroretseptorlar, xemoretseptorlar va termoretseptorlar farqlanadi.
Effektor nerv oxirlari. Neyroneffektor sinasplar harakatlantiruvchi va sekretor turlarga bo`linadi. Ularning presinaptik qismi bo`lib effektor neyronning aksoni, post-sinaptik qismi bo`lib esa mushak tolasi, silliq mushak hujayralari yoki bez hujayralar hisoblanadi. Effektor nerv oxirlariga silliq mushak hujayrasida (yoki hujayralarida) tugaydigan nerv oxirlari va sekretor nerv oxirlari ham kiradi. Sekretor nervlar bez oxirgi bo`limlaridagi sekretor hujayralarning bazal membranasi sohasida tugaydi.


64. Neyronlararo sinapslar: klassifikatsiyasi, tuzilishi, nerv impulsini o’tkazish mexanizmi.
Ikki nerv hujayrasi orasida sinapslarning quyidagi turlari farqlanadi: 1) Aksosomatik sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikinchisining tanasida tugallanadi). 2) Aksodendritik sinapslar (birinchi neyron aksoni ikkinchi neyron dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. 3) Aksoaksonal sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikkinchi neyron aksonida tugallanadi).
Sinaps sohasida birinchi neyronning aksoni nozik tolalarga tarmoqlanib tugmachasimon kengaymalar hosil qiladi va ikkinchi neyronning dendritlarida yoki tanasida tugaydi. Sinapslar qo`zg`alishni retseptor neyrondan effektor yoki assotsiativ neyronga, faqat bir tomonga o`tkazish qobiliyatiga ega. Bir nerv hujayrada bir necha nerv hujayralarining o`simtalari tugashi mumkin. Sinaps sohasida aksonning oxirgi tarmoqlari kengaymalar hosil qiladi (presinaptik qism). Tutashuvchi yuzasi presinaptik membrana deb nomlanadi. Presinaptik qism bilan ikkinchi neyronning tanasi yoki dendriti bir-biriga zich tegmasdan, ular oralig`ida sinaps bo`shlig`i (yorig`i) joylashgan. Ikkinchi neyronning postsinaptik qismi postsinaptik membrana bilan qoplangan. Sinaptik pufakchalarda mediatorlar bo`ladi, ular yordamida nerv qo`zg`alishi bir hujayradan ikkinchisiga uzatiladi. Mediator nerv hujayrada hosil bo`lgani uchun neyronlarni sekretor hujayralar deb ham aytish mumkin. Sinapslardagi kimyoviy jarayon nerv impuls ta’sirida sinaptik pufakchalar mediatorini sinaptik yoriqqa chiqishi va shu moddani postsinaptik membranaga ta’sir qilib, qo`zg`atuvchi potensialni yuzaga keltirishdan iborat.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin