1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Odam embriologiyasi, uning tibbiyotda tutgan o’rni. Odam pushtining asosiy taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə45/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

65. Odam embriologiyasi, uning tibbiyotda tutgan o’rni. Odam pushtining asosiy taraqqiyot bosqichlari.
Odam pushtining taraqqiyoti urug’lanish tufayli zigota hosil bo’lishidan boshlanadi. Hosil bo’lgan zigota shu zahotiyoq embrional taraqqiyotning dastlabki davriga - maydalanishga kirishadi. Dastlabki maydalanishlardan keyin 2 xil - avval yirik to`q va so’ngra mayda, ochroq blastomerlar hosil bo’ladi.
Homila tuxum yo’lidayoq o’ziga suyuqlik so’rishi tufayli: homila pufakchasi, ya’ni blastotcistaga aylanadi. Blastotcistani atrofidan bir qavat trofoblast hujayralari qamrab turadi. Ichki bo’shlig’i suyuqliq bilan to’lgan bu pufakchalarning bir qutbiga hujayralar to’plami embrioblast yoki homila tugunchasi birikkan bo’ladi. Rivojlanishning birinchi haftasi oxirlarida homila tuxum yo’lidagi suyuqlikning oqimi, tuxum yo’li muskullarining oldinma-keyin qisqarishi va epitelial hujayralar kiprikchalarining hilpillovchi harakati tufayli bachadon tomon yo’naladi va uning devorlariga yopishib, shilliq qavat ichiga o’sib kiradi - implantatciya bo’ladi. Trofoblast hujayralarining tcitolitik ta’siri tufayli bachadon shilliq qavatining epiteliy hujayralari parchalanadi va homila pufakchasi atrofida yarim suyuq holatdagi muhit yuzaga keladi. Trofoblastning tashqi yuzasida hujayralar to’plamidan iborat o’simtalar - trofoblast so’rg’ichlari (vorsinkalari) vujudga keladi. Trofoblastning birlamchi vorsinkalari bachadon shilliq qavatiga chuqurroq o’sib kiradi. Trofoblast vorsinkalarning o’sib kattalashishi bilan bir vaqtda homilaning embrional tuguni ham o’z navbatida chuqur o’zgarishlarga uchrab, gastrulyatciya va provizor organlar paydo bo’lish davrlarni o’z ichiga oladi. Trofoblast homilani ona organizmi orqali oziqlantiradi. Homiladorlikning ikkinchi oyida bo’lg’usi bolaning deyarli hamma organlari rivojlanishi uchun asos vujudga keladi. SHu davrda umumiy tarzda bosh, tana, qo’l va oyoqlar shakllanadi. Homilaning hosil bo’lgan uchta varag’idan yetuk organizmning hamma to’qima va a’zolari rivojlanadi. Jumladan, ektodermadan teri qoplamasi va uning hosilalari, og’iz bo’shlig’i va uning barcha a’zolari, nerv to’qimasi rivojlanadi. Entoderma ichak nayi va yirik hazm bezlari (jigar, oshqozon osti bezi), ayrim endokrin bezlar takomilida ishtirok etadi. Mezoderma esa barcha a’zolarning biriktiruvchi to’qimali asosining, ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklar hamda tayanch-trofik tuzilmalar (qon, limfa, tog’ay, suyak) ning hosil bo’lishida ishtirok etadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin