Neyronlar vazifasiga ko’ra ham ajratiladi.Sezuvchi neyronlar afferent hisoblanib, ta’sirotni retseptor neyronlardan qabul qiladi. Motoneyronlar esa efferent deb nomlanib, impulsni ishchi a’zolarga yetkazib beradi. Somatomotor neyronlar ixtiyorimizga bo’ysunadigan neyronlar bo’lib, skelet mushaklarni innervatsiya qiladi; Avtonom motoneyronlar ixtiyorimizga bo’ysinmaydigan, bezlar, yurak, silliq mushaklarni faoliyatni boshqaradi.
60. Neyron, ularning turlari va tuzilishi. Neyrosekretor hujayra. Aksonal transport turi. Regeneratsiya. Neyronlarda uchta qism farqlanadi : 1)Neyron tanasi yoki perikarionda yadro hamda barcha umumiy organellalar joylashadi. 2) Dendritlar ko’p sonli o’simtalar bo’lib, nerv impulsini sinapslar deb nomlangan tuzilmalardan perikarionga yetkazadi. Dendritlar doimo ko’p neyronlarning aksonlari bilan sinapslar hosil qilgan bo’ladi. 3)Akson uzun o’simta bo’lib, neyronlarda odatda bitta bo’ladi. U impulsni neyrondan boshqa hujayralarga (nerv, mushak yoki bez hujayralariga) yetkazish vazifasini bajaradi. Akson bundan tashqari axborotni boshqa neyronlardan qabul qilish va uning tarqalishini o’zgartirish xususiyatiga ega.
Faqat sintezlash va sekretsiya qilishga ixtisoslashgan neyronlar sekretor neyronlar yoki neyrosekretor hujayralar deb nomlanadi. Neyrosekret tigroid modda bilan bog`liq holda sintezlanadi. Neyrosekret Golji sistemasida donalar ko`rinishida shakllanadi, bundan tashqari, polisaxaridlar bilan to`yinishi ham mumkin. Yetilgan sekretor mahsulotlar aksonlar bo`ylab suriladi va o`simtalarning oxiridan qonga yoki miya suyuqligiga ajraladi. Umurtqalilarda neyrosekretor hujayralar bosh miyaning preoptik yadrosi hamda gipotalamik sohaning yadrolarida uchraydi. Bu neyrosekretor hujayralar neyrogipofiz va adenogipofiz bilan birga umumiy sistemani tashkil qiladi. Ajraladigan sekretor mahsulot gormonlar organizm faoliyatini boshqarishda aktiv ishtirok etadi.
Regeneratsiya.Nerv tolasini kesish uning markaziy, periferik qismlarida, nerv hujayrasi tanasida, neyrogliya va atrofdagi biriktiruvchi to`qimada javob reaktsiyasini qo`zg`atadi. chandiq to`qima rivojlanadi. Chandiq to`qima neyrogliya elementlaridan hamda biriktiruvchi to`qimadan iborat. Shu chandiq orqali kelgusida regeneratsiya qiluvchi nerv tolalari o`sib o`tadi. Nerv hujayrasi hajmi kattalashadi.
Aksonal transport ikkala tomonga mikronaychalar bilan birikkan motor oqsillar yordamida amalga oshiriladi.Bu jarayon ATF - aza aktivligiga ega bo’lgan transport oqsillari kinezin va dinein yordamida amalgan oshiriladi. Dinein - anterograd, kinezin esa retrograd oqimida ishtirok etadi. Sekin anterograd oqim bilan aksonal sitoskeletning harakatlanishi kuzatiladi va taxminan aksonnning o’sish tezligiga mos keladi.