59. Nerv to’qimasi taraqqiyoti va umumiy tavsifi. Neyron klassifikatsiyasi (morfologik va funktsional). Nerv to`qimasi markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir-biridan bajaradigan vazifasiga qarab keskin farq qiluvchi ikki xil hujayralardan tashkil topgan. Birinchi turi neytronlar yoki neyrotsitlar bo`lib, nerv hujayra iborasi xuddi shu hujayraga tegishlidir. Neyronlar nerv impulsini hosil qiladi va uning tarqalishini ta’minlaydi. Nerv to`qimasini ikkinchi xil hujayralari - neyrogliya yoki gliotsitlar yordamchi vazifalarni bajaradi.
Nerv sistemasi embriogenezning uchinchi haftasidan boshlab tashqi embrional varaq (ektodermadan) hosil bo’la boshlaydi. Bunda ektodermaning o’rta-dorzal qismida epitelial nerv plastinkasi shakllanadi. Ushbu nerv plastinkasining lateral tomonlari buralib, bir-biriga qarab o’sa boshlaydi. Natijada nerv tarnovchasi hosil bo’ladi. Nerv tarnovchaning chetlari tobora yaqinlashib boradi. Shu vaqtning o’zida bo’lg’usi nerv nayi teri ektodermasidan ajraladi. Nerv tarnovchasining ko’tarilgan chetidan xujayralar to’dasi ko’chib, nerv nayining ikki yon tomonida joylashib, ganglioz plastinka yoki nerv qirrasini xosil qiladi. Nerv tarnovcha chetlar qo’shilib, nerv nayini hosil qiladi.Nerv nayidan keyinchalik bosh va orqa miya, nerv sistemasi periferik qismlari rivojlanadi.
Nerv sistemasining funksional birligi Neyron(nerv hujayrasi) hisoblanadi.
Neyron o’simtalar soniga ko’ra klassifikatsiyalanadi: Multipolyar neyronlar-bir dona akson hamda ikki va undan ortiq dendritlarga ega. Bipolyar neyronlar-bitta dendrit va bitta akson tutadi. Unipolyar yoki psevdounipolyar neyronlar-perikarionidan bitta o’simta chiqib, darhol ikkiga ajraladi. Ularning biri uzunroq bo’lib, tananing periferik qismiga yo’nalib, retseptor nerv oxiri bo’lib tugasa, qolgani MNS ga nerv impulsni olib boradi. Anakson neyronlar-ko’pgina dendritlar tutsada aksoni bo’lmaydi. Ularning vazifasi qo’shni neyronlarda ionlar munosabatini boshqarishdir.