1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v
67. Gametogenez: ovogenez, ayol jinsiy hujayralarining tuzilishi, vazifalari. Ko’payish davri faqat embrion tuxumdonida bo’lib, tug’ilish bilan ovogoniyning paydo bo’lishi to’xtaydi. O’sish davri ikki fazadan iborat: Birinchi faza(kichik o’sish fazasi)da 1-tartibli ovotsit o’lchamlarining sekin kattalashuvi kuzatiladi (ovotcitlar bunday holatda ko’p yillar yotadi). Ikkinchi faza (katta o’sish fazasi) sariqlik kiritmalarining sintezi bilan bog’liq. Katta o’sish fazasiga, odatda, bolog’at yoshiga yetgan davrda bir vaqtda bir yoki bir necha 1-tartibli ovotcit o’tadi. Katta o’sish ikki haftagacha davom etadi va 1-tartibli ovotcitning yetilish davriga o’tish bilan tugaydi. Ovogenezda bitta birinchi tartibli ovotcitdan 1 donagina urug’lanishga moyil ovotcit va 3 ta reduktcion tanacha hosil bo’ladi. Tuxum hujayraning yetilish davri tuxumdondan tashqarida (bachadon naylarida) kechadi. Ovogenezda shakllanish davri bo’lmaydi.
Jinsiy hujayralarning yetilish davri yetilgan folikullarning yorilib(ovulyatciyaga uchrab) ichidan birinchi tartibli ovotcitning chiqishi bilan boshlanadi. Bu jarayon bachadon naylarida kechadi. Ovogenez ikki davrdan iborat: 1) o’sish davri - tuxumdonda; 2) yetilish davri - tuxumdondan tashqarida (bachadon naylarida) kechadi. Ovogoniylar o’sish davri boshlanishdanoq birinchi tartibli ovotcitga aylanadi, ovogoniy joylashgan primordial follikul o’suvchi follikullarga aylanadi. O’sishning dastlabki kunlarida follikulyar epiteliy hujayralari tezda ko’payib, ko’p qavatli epiteliyga aylanadi va follikulning donador qavatini hosil qiladi. Follikulning donador qavati bilan biriktiruvchi to’qimali qobiq orasida follikul epiteliysining bazal membranasi- Slavyanskiy membranasi bo’ladi. Follikulning boshlang’ich o’sishi tuxumdonda bolag’at yoshiga yetguncha bo’lishi mumkin. Keyingi taraqqiyoti gipofizning follikulni stimullovchi gormon (FGS) ta’sirida ro’y beradi. Ovulyatciya murakkab jarayon bo’lib, bunda gipofizning lyuteinlovchi gormonining (LG) muhim roli bo’ladi. Ovulyatciyada follikul qobig’i ichki qavatining kapillyariga qon kelishining kuchayishi va follikul suyuqligining ko’payishi natijasida ichki bosimning ortishi follikul qobig’ining yorilishiga sabab bo’ladi. Ovulyatciya natijasida yorilgan pufakchaning bor mahsuloti qorin bo’shlig’iga quyiladi. Bu erda birinchi tartibli ovotcit va uni o’rab turgan nurli toj bachadon voronkasining ovotcit shokilalari orqali nay ichiga o’tadi. Odamda har bir ovulyatciyada, bitta follikul yetiladi va yoriladi. Ovogenezning yetilish davrida reduktcion (meyoz) bo’linish ketib, birinchi bo’linishdan yirik ikkinchi tartibli ovotcit va abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi. Ikkinchi tartibli ovotcit tezda ikkinchi marta bo’linib, etilgan tuxum hujayra va ikkilamchi reduktcion tanachani hosil qiladi. Etilish davrida ketma-ket ikki marta bo’linish natijasida xromosomalar sonining ikki marta kamayishi yuz berib, har bir birinchi tartibli ovotcitdan bir dona yirik, urug’lanishga tayyor bo’lgan, gaploid xromosoma tutgan tuxum hujayra va uchta abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi.