1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Postembrional gemopoez. Granulotsitopoez



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə20/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

33. Postembrional gemopoez. Granulotsitopoez.
Granulositopoez:o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi miyeloblast promiyelotsit miyelotsitlar metamiyelotsitlar tayoqcha yadroli leykotsitlar  yetuk yoki segment yadroli leykotsitlar.
Miyeloblast - granulotsitopoezda eng yosh hujayra. Tuzilishi differentsiallashmagan blastlarga o`xshaydi.
Promiyelotsitlar - kattaligi 12-18 mkm bo`lgan hujayralar, sitoplazmalarida farqlanuvchi donadorlik paydo bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga bo`linadi.
Miyelotsitlar bir oz maydaroq (10-17 mkm), o`z sitoplazmasidagi donadorlikning tuzilishi va bo`yalish xususiyatlariga qarab uch turga - neytrofil, eozinofil va bazofil miyelotsitlarga bo`linadi.
Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar - promiyelotsitlar, miyelotsitlar mitoz yo`li bilan bo`linib ko`payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli granulotsitlar bo`linish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Uzak hujayradan yetuk granulotsit hosil bo`lishi uchun taxminan 7,5-11,5 sutka vaqt talab etiladi. Voyaga yetgan granulotsitlar darhol qonga chiqmay, suyak ko`migida 2-3 sutka ushlanib qoladi va so`ngra sinusoid kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga o`tadi.
34. Postembrional gemopoez. Monotsitopoez va limfopoez.
Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayralarining ilk bosqichi bo`lib, suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez bosqichlari : o`zak hujayra  miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi  monoblast promonotsit monotsit (qonda)  to`qima monotsiti makrofaglar.
Monoblast yadrosida botiqlik bo`ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi. Monoblastlardan monotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar 7-8 marta bo`linadi. Yetuk monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so`ngra to`qimalarga o`tib, makrofaglarga aylanadi.
Limfotsitopoez: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit.
Limfoblastlardan limfotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo`linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. T-limfotsitlar buqoq bezida, B-limfotsitlar qushlarda fabritsiy xaltachasida, odamlarda suyak ko`migida ishlanadi. Ular birgalikda immunologik holatni ta’minlaydi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin