1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v
31. Trombotsitlar, tuzilishi va ularning qonning ivishidagi roli. Trombotsitopoez. Trombotsitlar (qon plastinkalari) juda mayda, yadrosiz, o’lchami 2-4 mkm kattalikdagi xujayralardir. Trombotsitlar suyak ko’migi gigant xujayralari bo’lmish megakariotsitlar tsitoplazmasining parchalanishidan hosil bo’ladi. Trombotsitlar qonni ivishida ishtirok etadi, qon tomirlar devorini bitishida, ko’p qon yo’qotishni oldini oldishda ahamiyatli. Sog’lom odamda trombotsitlarning soni 150000 dan 400000 mm3 gacha. O’rtacha 10 kun yashaydi. Disk shaklida bo’ladi. Trombotsitlarning plazlemmasidagi glikokaliks qobig’i, trombotsitlarning adgeziyasi va qonni ivish jarayonlaridagi ishtirokida ularni faollashtiradi.
Qon ketish jarayonlarida,trombotsitlarning ahamiyati (Qon quyilishi) va jarohatlarning bitish ketma ketligi:
■ birlamchi agregatsiya: trombotsit tiqin, birinchi bo’lib shikastlangan tomir devoriga kelib o’tirib,qon ketishiga to’sqinlik qiladi.
■ ikkilamchi agregatsiya: Trombotsitlar mahsus glikoprotein kley va ADF ajratilib chiqaradi va trombning o’lchamini oshishiga olib keladi.
■ qonni ivishi: trombotsitlarning agregatsiyasi jarayoni davomida,qon plazmasining tarkibidagi fibrinogen, fon Villebrand omili, hamda boshqa oqsillar, endoteliydan ajralib chiqgan biologik faol moddalar,trombotsitlarning donachalaridagi trombotsitlarning 4 omili, kaskad jarayonlarni ketishiga sabab bo’lib, fibrinogen polimerlarini shikastlab, tolalarning to’rini hosil qiladi, bu erga qizil qon tanachalari hamda yanada ko’proq trombotsitlar kelib o’tiradi,yanada kattaroq tromb hosil bo’ladi. Trombotsitar omil 4 ,bu xemokinlar bo’lib, monotsitlar, neytrofillar va fibroblastlarni kelishini taminlaydi.
■ qon quyqasining retraktsiyasi: laxta, dastavval qon tomirning devoridan bo’rtib chiqib turadi, sabab trombotsitlardagi aktin va miozin komplekslari hisobiga.
■ qon laxtasining yo’qotilishi: Endoteliyning prolefiratsiyasi, hamda atrofdagi to’qimaning devori qayta tiklanishi hisobiga, laxta eritilib yuboriladi, trombni erib ketishida proteolitik ferment plazminning roli katta, u plazma tarkibidagi plazminogendan hosil bo’ladi.