Trombotsitopoez. Trombotsitlarning hosil bo`lishi suyak ko`migida amalga oshadi.
o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi megakarioblast promegakariotsit megakariotsit qon plastinkalari (trombotsitlar).
Megakarioblastlar o`z morfologik xususiyatlari bilan differensiallanmagan blast hujayralarga o`xshab ketadi. yirik (15-25 mkm), dumaloq yoki ovalsimon shaklda. Megakarioblastlar takomillashishi davomida promegakariotsitlar hosil bo`lib, ular megakarioblastlarga nisbatan ancha yirikroqdir.
32. Postembrional gemopoez. Eritrotsitopoez. Qon yaratuvchi asosiy organlar qizil suyak ko`migi, taloq, limfa tugunlari va buqoq bezi (ayrisimok bez) hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun yagona boshlang`ich hujayra qonning o`zak hujayralaridir. O`zak hujayralar qon yaratilishining barcha yo`nalishlarida, ya’ni eritrotsitopoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez va trombotsitopoez yo`nalishlarida rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari o`z-o`zini saqlab qolish qobiliyatining borligi ko`payish imkoniyatiga egaligi va turli yo`nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. O`zak hujayralar ma’lum bir miqdorda bo`lib, bo`linganida ham ularning soni o`zgarmay doimiy qoladi, ya’ni o`zak hujayra bo`linishidan hosil bo`lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takomillashishni davom ettirib, ikkinchisi o`zgarmay, o`zak hujayraligicha qoladi.
Eritrotsitlar qizil suyak ko`migida taraqqiy etadi. Eritrotsitopoezning dastlabki hujayrasi eritroblastlardir.
Eritrotsitopoez : o`zak hujayra -> miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi ->eritroblast ->pronormotsit -> bazofil normotsit ->polixromatofil normotsit ->oksifil normotsit ->gemoretikulotsit -> eritrotsit. Eritroblast - eritrotsitlar taraqqiyotining eng yosh hujayrasi. Ular mitotik yo`l bilan bo`linib ko`payadi va keyingi takomillanish bosqichiga- pronormotsitlarga o`tadi.
Pronormotsitlar eritroblastlarga nisbatan kichikroq (12-18 mkm), yadrosi zichroq tuzilishga ega. Takomillanish davomida sitoplazmada gemoglobinning ko`payib borishi pronormotsitlarning keyingi taraqqiyoti bosqichi - normotsitlar bosqichiga o`tganidan darak beradi.
Normotsitlar-8-12 mkm kattalikda, o`z sitoplazmalarida gemoglobinning qay darajada to`planganligi va yadro tuzilishining o`zgarishiga qarab - bazofil, polixromatofil va oksifil normotsitlarga bo`linadi.