2-MA’RUZA. ALTERNATIV ENERGIYA MANBALARI VA
TURLARI
Quyoshdaga termoyadroviy reaksiya quyosh nurlanishining
energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bu
energiyaning asosiy qismi
0,2-3 mkm diapazondagi elektromagnit nurlanish ko’rinishida tarqaladi.
Suv bug’lari infraqizil nurlanishni yutishi,
ozon ultrabinafsha
nurlanishni tarqatishi va gaz va havodagi chang hamda aerozol
molekulalari nurlanishni sochib yuborishi ta’sirida
quyosh nuri
atmosferadan o’tayotganida susayadi. Atmosfera massasi (AM),
atmosferaning yer yuzigacha yetib keluvchi,
intensivlik va quyosh
nurlanishining spektral tarkibiga ta’sirini aks ettiruvchi parametr
hisoblanadi. Atmosfera massasi nolga teng bo’lganda
nurlanish
intensivligi Ec=1360 Vt/m
2
bo’ladi. Yer yuzasining istalgan sathi uchun
atmosfera massasi quyidagi formula orqali aniqlanadi
,
bunda – atmosfera bosimi, Pa.
– normal atmosfera bosimi (1,013·10
5
Pa);
θ – Quyoshning gorizont bo’ylab balandlikdagi burchagi.
Yer sharoitida AM 1,5 (θ=42°) ga teng deb hisoblanadi. Ushbu
qiymat Quyosh nurlanishi integral yuza zichligi Ec=835 Vt/m
2
bo’lganda standart deb hisoblanadi, bu
esa quyosh energiyasinidan
foydalanuvchi turli quyosh elementlari va va boshqa qurilmalarning
natijalarini o’zaro solishtirishni ta’minlashda zarur.
Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyaga o’zgartirish
Quyosh energiyasi universaldir – uni
nafaqat issiqlik energiyasi
sifatida (issiqlik bilan ta’minlash, suvchi chuchuklashtirish, quritish),
balki boshqa bir qator usullarda ham ishlatish mumkin.
Quyosh
energiyasini boshqa turdagi energiyaga o’zgartirish mumkin, masalan
elektr
energiyaga, o’simlik va fotosintez yordamida akkumulyasiya
qilish [6]
1.1 - jadval