2-ma’ruza. Alternativ energiya manbalari va turlari


Quyosh energiyasini qabul qiluvchi (yutuvchi) qurilmalar



Yüklə 493,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.03.2023
ölçüsü493,94 Kb.
#91273
1   2   3   4   5   6
Energiya

 
Quyosh energiyasini qabul qiluvchi (yutuvchi) qurilmalar 
Odatiy yapaloq kollektorlardan va konsentratorli kolletorlardan 
tashqari quyosh kollektorlarining boshqa turdagi konstruksiyalari ham 
mavjud, masalan quyosh basseyni. Bunday qurilmada quyosh nurlarini 
yutuvchi sifatida bevosita suv basseyni xizmat qiladi. Quyosh 
radiasiyasi ta’sirida suv harorati, suvning energiya fotonlarini yutishi
nurni qabul qiluvchi baseynning ostki qismi va suvning issiqlik 
almashinishi hisobiga ortadi. 
Odatiy basseynlarda suv qizdirilganda, suvning hajmi ortadi, 
boshqacha qilib aytganda suv kengayadi. Suvning qizdirilgan nisbatan 
yengil qatlamlari yuqoriga ko’tariladi, suvning tezkor bug’lanishi sodir 
bo’ladi hamda suv isiydi. Qurilma plenka qatlami bilan o’ralsa holat 
yanada yaxshilanadi, biroq bu ham yetarli emas. 


Agar basseyndagi suv konveksiyasiga barham berilsa, holat birdan 
o’zgaradi. Buning uchun basseyn tubida erimagan tuz bo’lishi zarur, 
harorat ortishi bilan tuzlarning suvda eruvchanligi ortadi va harorat 
yuqori bo’lishiga qaramasdan basseyn tubiga yaqin bo’lgan suv qatlami 
zichligi ustki qatlamlar zichligidan yuqori bo’ladi, natijada konveksiya 
yo’qoladi. 
Bunday basseyn plyonkali qatlamsiz ham yaxshi natijalarni 
ko’rsatadi. 
Eksperimentnatijalari 
bunday 
basseynlardagi 
muvozanatlovchi harorat 100° S ga yetishini ko’rsatdi. Bunday turdagi 
basseynlarni yapaloq kollektorlarga o’xshatish mumkin. 
Tuzli (sho’r) suvga ega bo’lgan cho’l hududlarida quyosh 
basseynlari boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan bir qator 
ustunliklarga ega, ya’ni ular nisbatan arzon quyosh priyomniklaridir. 
Ular suvning yuqori issiqlik sig’imiga ega. Bir qator texnik 
qiyinchiliklar mavjudligiga qaramsdan, quyosh basseynlari tobora keng 
qo’llanilmoqda. 

Yüklə 493,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin