2-ma’ruza. Alternativ energiya manbalari va turlari



Yüklə 493,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.03.2023
ölçüsü493,94 Kb.
#91273
1   2   3   4   5   6
Energiya

Selektiv nur yutgichlar. Odatda bunday nur yutgichlar yupqa 
nikel yoki mis oksidi bilan qoplangan silliq metall yuzaga ega. Qisqa 
to’lqin sohasida uning nur yutish xususiyati juda yuqori, odatda 0,9 ga 
teng. 
1.2 - jadval 
Materiallarning radiasiya tavsiflari 
Material 
Jism yoki nurlanish 
manbaining harorati 
20-100° S 
5000° S 
ρ 
α 
ε 
ρ
α 
Sayqallangan metallar 
Oksidlangan metallar 
Oq yaltiroq qatlam 
Qora qatlam 
Alyumiyniyli qatlam 
Beton 
Cherepisali tom 
Shisha (oyna) 
0.9 
0.2 
0.1 
0.05 
0.5 
0.1 
0.1 
0.1 
0.1 
0.8 
0.9 
0.95 
0.5 
0.9 
0.9 
0.9 
0.1 
0.8 
0.9 
0.95 
0.5 
0.9 
0.9 
0.9 
0.7 
0.8 
0.8 
0.1 
0.8 
0.4 
0.2 
0.1 
0.3 
0.2 
0.2 
0.9 
0.2 
0.6 
0.8 
0.0 
Bunday holda spektrning uzun to’lqin sohasida uning nurlanish 
xususiyati yaltiroq metallga nisbatan juda yuqori bo’lishi lozim, ya’ni 
0,1 atrofida. Bunday holda muvozanatlovchi harorat selektiv bo’lmagan 
qatlamga nisbatan yuqori bo’ladi. Yuqorida ko’rib chiqilgan shartlarda
α
s
munosabat qiymati 9 ga yaqin bo’lgan bunday selektiv nur 
yutgichlarning muvozanat harorati 427 K, yoki 154
0
S gacha ko’tarilishi 
lozim. Bunday turdagi nur yutgichli issiqlik dvigatelning FIKi (454-
300)/454 = 0,339 dan yuqori bo’lmasligi kerak. 
 
 


Ko’zgular yordamida quyosh energiyasi biror jismga yo’naltirilsa, 
uning harorati ortadi. Yapaloq ko’zgudan iborat bo’lgan bunday 
qurilmalardan biri 1.2 – rasmda keltirilgan. Nurni to’la qaytaruvchi 
ko’zgular tizimi qo’llanilganda, nurni yutuvchi jismning nurlanish 
intensivligi ko’zgular nurlanish yuzasining nurni yutuvchi yuzasi 
nisbatiga proporsional tarzda ortib boradi. 
Bunday ko’rsatkich K konsentrasiya koeffisiyenti deb ataladi. 
Ko’zgular shunday o’rnatiladiki, tushayotgan barcha nurlar bir 
nuqtaga yo’naltirilgan bo’ladi. Agar nurni qabul qiluvchi (yutuvchi) jism 
to’rtburchak shaklida bulib, 1.2 – rasmda ko’rsatilganidek, xuddi 
shunday o’lchamdagi β = 60°burchak ostidagi 4 ta ko’zgu bilan 
jihozlangan bo’lsa, konsentrasiya koeffisiyenti 3 ga teng bo’ladi.
Amalda bunday konstruksiyaning afzalliklarini namoyon 
qilishning imkoni yo’q, chunki ko’zgularning nurni qaytarish imkoni 
100% dan kam, nurning kichik burchak ostida tushishida esa nurni qabul 
qiluvchi buyumning yutish xususiyati kamayadi. Bunga qaramay, K ning 
qiymati 2 dan kam bo’lmaydi. Berilgan sharoitlarda oynadan iborat 
bo’lgan yapaloq quyosh kollektorlarining muvozanat harorati 180° S ga 
(neytral nur yutgich) va 332° S ga (sellektiv nur yutgich) yetadi. Shuni 
e’tiborga olish kerakki, bunday holatlarda reflektorlar yordamida quyosh 
radiasiyasini faqat to’g’ri tashkil etuvchisi kuchaytiriladi, sochilgan 
tashkil etuvchini esa yig’ishning imkoni yo’q. 


1.2 – rasm. Yapaloq ko’zgular yordamida quyosh nurlarini 
konsentrasiyalash. 
Parabolik konsentratorlar nisbatan mukammala konstruksiyaga 
ega, ular quyosh nurlarini 1.3 – rasmda ko’rsatilgani kabi fokuslaydi. 
Natijada konsentrasiya koeffisiyenti nisbatan yuqori bo’ladi. 
1.3 – rasm. Parabolik ko’zgu yordamida quyosh nurini 
konsentrasiyalash. 


Bunday konsentrator fokusida maksimal qiymatga ega bo’lgan 
muvozanlovchi haroratni olish imkoni bordek tuyuladi, biroq amalda 
quyosh nurlarining parallelligi bunga to’sqinlik qiladi.
Agar yapaloq ko’zguli nur qaytargichga bunday hol ahamiyat kasb 
etmasa, parabolik konsentratorda u konsentrasiya koeffisiyenti qiymatini 
cheklaydi. Nurlarning parallelligi hisobiga energiya fokusda 
to’planmasdan, balki uning atrofidagi ma’lum bir sohada yig’iladi. 1.3 – 
rasmda quyosh diskining qarama-qarshi tomonlaridan chiquvchi hamda 
A va B nuqtaga tushuvchi nurlarning trayektoriyalari keltirilgan. 
Demak, maksimal energiyaga ega bo’lish uchun, konsentratordan 
qaytgan barcha nurlarni qabul qilish uchun nurlantirilayotgan jism 
yetarli darajada katta bo’lishi kerak. Bundan tashqari, konsentrator 
ko’zgusi yuzasining optik xossalari yomonlashgan sari va quyosh 
energisini qabul qiluvchi jismning o’lchamlari ortgan sari K ning 
effektiv qiymati kamayadi, natijada muvozanatlovchi harorat ham 
kamayadi. 
Sifati o’rta bo’lgan ko’zgu va qaytgan nurni yetarli darajada 
butunlay yutuvchi priymnik qo’llaniladi, odatda K 10000 dan yuqori 
bo’lmaydi. Bunday kollektor uchun muvozanatlovchi harorat 1930K
(1660° S) atrofida bo’ladi. 

Yüklə 493,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin