Tanlanma reprezentativligi



Yüklə 18 Kb.
səhifə1/4
tarix05.06.2022
ölçüsü18 Kb.
#60704
  1   2   3   4
TANLANMA REPREZENTATIVLIGI


TANLANMA REPREZENTATIVLIGI.
Reja:
1. Tanlanma kuzatish haqida umumiy tushuncha
2. Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta`minlaydigan tanlash usullari
Tanlanma kuzatish haqida umumiy tushuncha
Statistika amaliyotida shunday to`plamlar tez-tez uchrab turadiki, ularning barcha birliklarini o`rganish imkoniyati bo`lmaydi. Bunday to`plamlar jamiyat hayotida, turmushimizda ham, tabiyotda ham keng tarqalgan. Masalan, mamlakatda don, paxta va boshqa ekinlari qanchalik qishloq xo`jaligi zararkunandalari bilan shikastlangani yoki qancha qoramol va boshqa hayvonlar quturish kasalligiga chalinganini bilmoqchi bo`lsak, barcha ekinlar maydoni va hosilini, mollar tuyoini tekshirib chiqa olmaymiz, chunki bu juda mashaqqatli ish bo`lib, ko`p vaqt va kuch talab qiladi.
Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikka, ko`p ukladli xo`jalikka tayanadi. Bunday sharoitda muhim iqtisodiy hodisa va jarayonlar ustida yoppasiga statistik kuzatish tashkil qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bozor baholari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, uy xo`jaliklari byudjeti, taklif va talablarning o`zgarishi va boshqa shunga o`xshash jarayonlarni tekshirishni har bir birlikda amalga oshirish amrimaholdir, chunki umumiy to`plam hajmi odatda noma`lumdir (masalan, xufiyona iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchi sub`ektlar soni, ularning faoliyat natijalari va h.k. larning aniq hisobi yo`q). Bunday hollarda tekshiruvchi uchun eng yaxshi yo`l - cheklangan sonli birliklarni shunday olib tekshirishki, natijada umumiy o`rganilayotgan to`plam haqida amaliy jihatdan etarli darajada to`la va aniq axborotlarni olish imkoni tug’ilsin. Tanlama tekshirish nazariyasi bu maqsad uchun xizmat qiladi.
Tanlanma – buto`plamdan saylab olingan ma`lum birliklar majmui bo`lib, uning har biri mazkur to`plamning unsuridir. Mustasno hol sifatida tanlanma butun to`plamni o`z ichiga olishi mumkin. Tajriba va his-tuyg’ularga asoslangan umumiy imon komiligiga binoan, tanlanma doimo boshlang’ich to`plam haqida biror narsa anglatadi. Masalan, donfurushtning moddiy farovonligi uning don sifatini aniqlash qobiliyatiga bog’liq, u ayrim qoplarga qo`l tiqib, namuna qilib olgan don sifatini sinaydi. Uning imoni komilki, tanlanma butun to`plamning vakili bo`lib xizmat qiladi, tajriba esa uning ishonchini tasdiqlaydi;u tanlanma bo`yicha mulohazaga tayanib don xarid qiladi va sotadi. Xuddi shuningdek, komil ishonch bilan xulosa yasaladiki, tanlanma ko`lamliroq bo`lgani sari u boshlang’ich to`plam holatini aniqroq aks ettiradi.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin