Termiz shahar 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchi Hamidova Sanobar Shomurodovnaning “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovining shahar bosqichida uchunchi turida “ O’zgaruvchasn induksion tok. Induksion tokning yo’nalishi Lens qoidasi. Mikrafon va radio karnay.”mavzusida dars ishlanmasi
Sana:
Fan: Fizika
Sinf: 8- sinf
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: - O’quvchilarga o’zgaruvchan induksion tok haqida tassavurlar hosil qilish, o’zgaruvchan induksion tokning qo’llanilishi haqida bilim, ko’nikmani shakillantirish.
Tаrbiyaviy mаqsаd. O’quvchilаrga inson xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgatib, ularda ma’naviy tarbiyalash, o’quvchilarni mustaqil kasb tanlashga o’rgatish.
Rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o’quvchilarda texnikaga bo’lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish.
Shakllantirilgan kompentensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:A2
fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish, boshqalarga tushuntirib bera olish va yoza olish, fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2
elektromagnitni, magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishi, chap va o‘ng qo‘l qoidasini, Faradey tajribasi va elektromagnit induksiya hodisasini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:A2
Joul-Lens qonuni, Faradey qonuni, mikrofon va telefon, radiokarnaydan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amaliyotda foydalana oladi.
Tayanch so’zlar: o’ng qo’l qoidasi, o’zgaruvchan tok, ossillograf.
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
- o’quvchilar bilan salomlashish
- davomatni aniqlash
- darsga kerakli asboblarni tayyorlash
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
O’quvchilardan o’tilgan mavzuni so’rashda “Blits” savollar tashlanadi.
1. Magnitizim haqida ma'lumot bering?
2. Elektromagnitlar qayrlarda qo'llaniladi?
3. Yerning magnit maydoni deganda nimani tushunasiz?
4. Elektr dvigatellarning qo'llanilishini aytib bering?
IV.Yangi mavzuni bayoni:
Induksion tokning yo'nalishi Induksion tokni hosil qilish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar induksion tokning yo'nalishi magnit kuch chiziqlarining vaqt bo'yicha o'zgarish yo'nalishiga va o'tkazgich harakatining yo'nalishiga bog'liq ekanini ko'rsatadi. Galvanometrga ulangan o'tkazgich taqasimon magnit orasida pastga harakat qilsa, hosil bo'lgan induksion tok bir tomonga, o'tkazgich yuqoriga harakat qilganda esa induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'naladi (182- rasm). Xuddi shuningdek, g'altak ichida magnitni pastga va yuqoriga harakatlantirilganda, g'altak chulg'amlarida hosil bo'ladigan induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'ladi (183- rasm).
Galvanometrga ulangan o'tkazgichda hosil bo'ladigan induksion tokning yo'nalishini o'ng qo'l qoidasi orqali aniqlash mumkin (186- rasm).
O'zgaruvchan tok
O'zgaruvchan tok
Agar galvanometrga ulangan g'altak ichida magnit yuqoriga va pastga navbatma-navbat harakatlantirilsa, g'altak o'ramida yo'nalishini galma-gal o'zgartiruvchi induksion tok vujudga keladi. Buni galvanometr ko'rsatkichining 0 raqamidan goh o'ng tomonga, goh chap tomonga og'ishiga qarab aniqlash mumkin. O'zgaruvchan induksion tokni to'g'ridan to'g'ri o'zgaruvchan tok deb yuritish mumkin.
t
I O
Bunday tokni «ossillograf» deb ataluvchi asbob yordamida o'rganish mumkin. Lotincha «ossillo» − tebranaman, «grafo» − yozaman demakdir.
Mikrofon mexanik tebranishlarni elektr tebranishlarga aylantirib beradi.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash: Sinfdagi o’quvchilar II –guruhga bo’lib olinadi va guruhlar nomlanadi. I-guruh: Lens guruhi II-guruh: Faradey guruhi
I- Lens guruhi
O'ng qo'l qoidasini aytib bering?
Ossillograf qanday asbob?
Ovoz karnayi nima vazifani bajaradi?
II-Faradey guruhi
2.O'zgaruvchan tok deganda nimani tushunasiz?
1.Mikrafonning tuzilishi va ishlashini tushuntiring?
3.Telefon qanday ishlaydi?