Bundan tashqari, tanlash usullari bosh to`plamdan birliklarini (seriyalarini) tanlab olish printsiplariga qarab tasodifiy, mexanik va kombinatsion tanlashlarga bo`linadi. Bosh to`plamdan birliklar tasodifiy ravishda olinib tanlanma tuzilsa, u tasodifiy tanlash deyiladi. Tasodifiy tanlash chek yoki qura tashlash yo`li bilan amalga oshiriladi. Tasodifiy tanlash takrorlanuvchi yoki takrorlanmaydigan sxemalarda o`tkazilishi mumkin. Agar tanlab olingan birlik (yoki seriya) tanlanmaga kiritilganidan (ya`ni zaruriy ma`lumotlar yozib olinganidan) keyin yana bosh to`plamga qaytarilsa va bundan keyingi tanlash jarayonlarida teng huquqda qatnashsa, tanlash tartibi takrorlanuvchi deb ataladi, aksincha, qaytarilmasa, takrorlanmaydigan sxema deb yuritiladi. Bosh to`plamdan birliklar (yoki seriyalar) ma`lum oraliqlarda tanlab olinsa va tanlanmaga kiritilsa bunday usul mexanik tanlashdeb ataladi. Oraliq kengligi (i) bosh to`plam hajmini (N) tanlanma hajmiga (n) bo`lish yo`li bilan aniqlanadi, ya`ni i=N:nTipologik tanlashda: bosh to`plam bir jinsli guruhlarga ajratiladi;