Mavzu: Yallig‘-qaytaruvchi eritish pechi
Reja:
Ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pechlar
Pechlarning ishlash prinsipi
Ikkilamchi alyuminiyni elektropechlarda eritish va rafinirlash (tozalash)
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashda ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pechlar keng tarqalgan
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni yallig‘-qaytaruvchi pechlarda qayta ishlashda gorelkalar alangasi va chiqindi gazlarni harakati - shixtani eritish bilan birga, pechni shipini va devorlarini qizdiradi. Buni natijasida suyuq vannada eritish ushlab turiladi, qattiq shixta eriydi. Eritish kamerasini tubi qiya shaklda qilingan bo‘ladi. Metall butunlay erigandan so‘ng, erish kamerasidan maxsus kanal orqali kopilnikka o‘tadi. Tayyor metall letka orqali quyish mashinalariga yoki kovshga chiqariladi.
Gorelka va forsunkalar eritish kamerasining yon yuza devoriga o‘rnatilgan. Futerovkasi (qoplamasi), ya’ni pechni ikki olovbardosh qoplamasi shamot g‘ishtlaridan qilingan. Bu g‘ishtlar kam issiqlik o‘tkazadi, alyuminiy bilan erigan flyus va pech atmosferasini ta’sirlanishi juda kam. Futerovka alyuminiy tarkibli temir-tersaklar va chiqindilarni eritishdan oldin 80 foizi NaCl va 20 foizi Na3AlF6 dan tashkil topgan eritma bilan ishlanadi. Bu eritma g‘isht oralariga kirib futerovkani ishlash muddatini oshiruvchi qatlam hosil qiladi.
6.4-rasm. Ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pech:
1-eritish kamerasi; 2-pech ostonasi, bo‘sag‘asi; 3-yuklash oynasi;
4-pech shipi; 5-kopilnik (g‘aladon); 6-apteyk; 7-borov, dudburonning pechni eritish kamerasi bilan tutashtiruvchi qismi; 8-letka, erigan metall yoki shlak oqib chiqadigan teshik.
Amaliyotda sig‘imi 20-50 t bunday pechlar keng ishlatiladi. Vannasining chuqurligi 500-700 mm ni tashkil qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, vannani chuqurligi qancha kam bo‘lsa, metall shuncha tez eriydi. Bunday pechlarning kamchiligi, eritish kamerasida hosil bo‘lgan gazlar va changlar kapilnikda cho‘kishi mumkin, bu erigan metalni zararlanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |