Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati



Yüklə 118,98 Kb.
səhifə1/13
tarix07.01.2024
ölçüsü118,98 Kb.
#205190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
QON PLAZMASI. mohigul


QON PLAZMASI. QON PLAZMASI OQSILLARI VA ULARNING FUNKSIONAL MOHIYATI
Qonning shaklli elementlardan ajralgan qismi plazma deyiladi. Uning 90 % suv, 7-8 % oqsillar, 1,2 % boshqa organik moddalar va 0,9 % anorganik tuzlardan iborat.
Tomirlarda harakat qiluvchi qon plazmasi tomirlar ichidagi suyuqlik hajmining doimiyligini ta’minlaydi. Qonning kislotali-ishqoriy muvozanati ham plazmaga bog’liq plazmadagi suv tomirlar ichidagi suv hajmini tashkil qiladi. Bu suv katta yuzaga ega bo’lgan kapilyarlar devori orqali doim to’qima oralig’idagi suv bilan almashinib turadi. Qon va to’qima suyuqligi elektrolitlar va kichik molekulali moddalarning uzluksiz almashinuvi ham kuzatiladi. Bu ikkala suyuqlik hajmlar (tomirlar ichi va to’qima aro) egallagan eritmalar tarkibi juda o’xshash. Farq faqat yirik molekulali moddalar, asosan oqsillar miqdorida. Yirik molekulali oqsillar miqdorida. Yirik molekulali oqsillar kapillyarlar devoridan to’qima suyuqligiga o’ta olmaydi.
Plazma elektrolitlari uning osmotik bosimini, faol reaksiyasini ta’minlaydi. Bu ko’rsatkichlarning doimiyligi birinchi galda qon hujayralarining mo’tadil faoliyati, undan keyin boshqa hujayralar uchun juda muhim. Plazmadagi elektrolitlarning umumiy miqdoridan tashqari, ular o’rtasidagi nisbat ham bir me’yorda saqlanishi kerak. Shuning uchun qonga yuboriladigan va a’zolar faoliyati tekshirilganda qo’llanadigan sinama qonga nisbatan faqat izotonik emas, balki izoionik ham bo’lishi maqsadga muvofiq.
Plazmada oqsillardan tashqari tarkibida azot bo’lgan kichik molekulyar moddalar ham bor. Ular plazma oqsillari biror yo’l bilan tekshirilgandan keyin eritmada qoladi. Shu sababli, qoldiq azot deb ataladi. Bu moddalarning ko’p qismini siydikchil tashkil qiladi. Plazma nooqsil azotining umumiy miqdori taxminan 25-30 mg %.
Plazmada azotsiz organic moddalardan glyukoza (80-120 mg % yoki 4,44-6,66 mmol/litr), neytral yog’lar, organic kislotalar mavjud.
Yog’ va yog’simon moddalarning umumiy miqdori 0,4-0,7 %.
Plazma oqsillari va ularning ahamiyati. Qon plazmasi oqsillarini elektr maydonida harakatlanish tezligi va boshqa xususiyatlariga qarab bir nechta fraksiyaga ajratish mumkin. Bulardan asosiylari albuminlar (4 %), globulinlar (2,8 %) va fibrinogenlar (0,4 %). Bu oqsillarning molekulyar massasi 44000 dan 1300000 gacha bo’lib, molekulalari diametric 1-100 nm. Albuminlar va fibrinogen jigarda, globulinlar esa jigar, ko’mik, taloq, limfa tugunlarida hosil bo’ladi.
Qon plazmasi oqsillari xilma-xil funksiyalarni bajaradilar.
1. Oqsillar kolloid osmotic bosimni hosil qiladi (o’rta hisobda 25-30 mm s. u.). Onkotik bosim to’qimalar bilan qon o’rtasidagoi suv almashinuvini tartibga solish uchun zarur.
2. Oqsillar bufer xossalarga ega bo’lgandan qonning kislotali ishqoriy muvozanatini saqlashda ishtirok etadilar.
3. Oqsillar qon plazmasining yopishqoqligin ta’minlaydi.
4. Plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho’kishga yo’l qo’ymaydi.
5. Plazma oqsillari qon ivishida muhim rol o’ynaydi.
6. Qon plazmasi oqsillari immunitetning muhim omili hisoblanadi.
7. Qon plazmasi oqsillari tashuvchi vazifasini bajaradi. Masalan, qondagi kalsiyning 2/3 qismi oqsillar bilan birikkan. Albuminning bir molekulasi 25-50 molekula bilirubin biriktirishi mumkin. Misning 90 % α2-globulinlar fraksiysiga bog’liq (seruloplazmin), temir ham β-globulinlarga bog’liq bo’lib transferin hosil qiladi. Tiroksinni bog’lovchi oqsil, qalqonsimon bez gormoni tiroksin tashilishini ta’minlaydi.
8. Oqsillar – oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori 200 g. bu miqdorini yetarli zaxira, deb hisoblash mumkin. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5 g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo’ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki 5 kun.



Yüklə 118,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin