Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati



Yüklə 118,98 Kb.
səhifə7/13
tarix07.01.2024
ölçüsü118,98 Kb.
#205190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
QON PLAZMASI. mohigul

Qonni ivituvchi omillar.
Yuqoridagilardan ma’lumki, qonning ivishi ko’p bosqichli murakkab jarayon hisoblanadi. Unda talat moillar ishtirok etadi. Tabiiy sharoitda odamning qonida bu omillar faolsiz holatda bo’ladi. Ularni birma bir ko’rib chiqamiz. Xalqaro qo’mita qaroriga binoan qon ivish omillari yunon raqamlari bilan belgilanadi.
I omil – fibrinogen, qon plazmasining eng katta molekulali oqsili. Qon ivishi jarayonida fibrinogen zol holatidan sucda erimaydigan gel holatia o’tadi. Qon ivishining mohiyati ham shunda.
II omil – protrombin, glikoprotein, jigarda sintezlanadi. Tromboplastin ta’sirida faol ferment trombinga aylanadi. Trombin esa fibrinogenning fibringa aylanishi uchun zarur.
III omil – tromboplastin, hamma hujayralar membranasida uchraydigan fosfolipid.
IV omil – Ca ionlari, qon ivishida ishtirok etadigan hamma fermentlari faolsiz holatdan faol holatga o’tishi zarur.
V va VI omil – proakselerin va akselerin. Tromboplastin va trombin hosil bo’lishini tezlashtiradi.
VII omil – prokonvertin. Tromboplastin hosil bo’lishida ishtirok etadi.
VIII omil – antigemofil A globulin, qon ivishining boshlanishida qon tromboplastini hosil bo’lishi uchun zarur. Ca ta’sirida faollashadi. Yetishmovchiligi og’ir irsiy gemofiliyaga sabab bo’ladi.
IX omil – antigemofil B globulin (Kristmas omili). Bu ham tromboplastin hosil bo’lishi uchun kerak. Yetishmovchiligi nasliy gemofiliyaga olib boradi.
X omil – Styuart-Prouer omili. Tromboplastin hosil bo’lishini tezlashtiradi.
XI omil – tromboplastinning plazmadagi o’tmishdoshi. Yetishmovchligi gemofiliyaga olib keladi.
XII omil – Hagema omili. Glikoprotein shikastlangan to’qimalar yuzasida faollashadi. Bunga XI omil yordamlashadi.
XIII omil – fibrinni me’yorda tutib turuvchi omil. Suvda erimaydigan fibrin hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Qonning shaklli elementlari va to’qimalari qon ivituvchi omillar. Qon ivishining aytib o’tilgan 13 ta plazma omillaridan tashqari. Yana 12 ta trombositar omillari mavjud. Ular arab raqami bilan belgilanadi. Muhim trombositar omillardan biri. III omil – trombositar, tromboplastindir. Oldingi aytilganidek bu omil fosfolipid bo’lib, qon plastinkalarining membrana va zarrachalari tarkibiga kiradi. Qon ivishining birinchi bosqichida trombositlar yemirilishi natijasida erkin holatga o’tadi va qon hamda to’qima tromboplastinlari bilan bir qatorda protrombinni trombinga aylantirishda ishtirok etadi.
V omil – ivituvchi omil yoki fibrinogen. Trombositlarning adgezitsiyasini (yopishqoqligini) va agregatsiyasini (g’uj bo’lishini) ta’minlaydi.
VI omil – trombostenin, lahta zichlanishi va qisqarishi (kichiklanishini) ta’minlaydi. Tuzilishiga ko’ra, muskullardagi aktin va miozin oqsillariga o’xshab, ikki A va M qismlardan tashkil topgan. Aktomiozinday ATF-aza faolligiga ega va bu modda parchalanganda ajraladigan energiya hisobiga qisqaradi.
X omil – tomir toraytiruvchi omil yoki serotonin, uni trombositlar plazmadan o’ziga biriktirib oladi. Bu modda ta’sirida qon tomirlar torayadi, qon oqishi to’xtashi tezlashadi.
XI omil – agregatsiya omili yoki ADF, trombositlarni tomir jarohatlanganqismida to’planishi, g’ujlanishi uchun zarur. Keying vaqtda bu vazifani bajaruvchi juda faol tromboksan moddasi topildi. Tomirlar endoteliyda trombositlar agregatsiya ingibirlaydigan juda faol prostaksilin bor.
Tromboksan va prostasiklin faolligi o’rtasidagi munosabat agregatsiya jarayonini boshqarib turadi.
To’qima va a’zolarning hammasida tromboplastin, qon ivishining boshqa omillari (V, VII, X va XIII omillar), trombositlarning yopishqoqligi va g’ujlanishini faollashtiradigan, qon ivishining oldini oladigan omillar mavjud. Tomirlar va to’qimalar shikastlanganda bu qonga o’tib, uning ivishida ishtirok etadi. To’qima suyuqligining qonga o’tishi tomir ichida qon ivib qolishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 118,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin