19. Epiteliy to’qimasi. Umumiy tavsifi. Maxsus organellalar, tuzilishi va vazifasi. Epiteliy to`qimasining hujayralari turli xil shaklda bo`ladi. Masalan, yassi, kubsimon, silindrsimon va maxsus tuzilmalari bilan boshqa to`qimalarning hujayralaridan farqlanib turadi. Hujayralarning differensiallanishi natijasida maxsus tuzilmalar paydo bo`ladi. Epiteliy to`qimasining maxsus tuzilmalariga: hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining mikrovorsinkalari va xivchinlar kiradi. (9-savolda) 20. Epiteliy to’qimasi. Umumiy tavsifi. Bazal membrana. Bazal membrana yoki bazal plastinka epiteliy va biriktiruvchi to`qima orasida joylashuvchi parda bo`lib, qalinligi 80-100 nm ga teng. U karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan.
Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi.
21. Epiteliy to’qimasi. Umumiy tavsifi. Morfologik klassifikatsiyasi. Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi:
Epiteliy: 1) Bir qavatli a) Bir qatorli (Yassi, kubsimon, silindrsimon); b) Ko`p qatorli (Silindrsimon). 2) Ko`p qavatli a) Yassi muguzlanadigan; b) Yassi muguzlanmaydigan; c) O`zgaruvchan. Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli epiteliy o`z navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir xil balandlikka ega bo`lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi. Ko`p qatorli epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-kichiklikda emas va yadrolari turli tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bo`ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz tanachalarga aylanuvchi ko`p qavatli epiteliy muguzlanuvchi epiteliy deyiladi. Muguz tangachalar hosil bo`lmaydigan ko`p qavatli epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning maxsus turi o`zgaruvchan epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining cho`zilgan yoki cho`zilmaganligiga qarab o`z ko`rinishini o`zgartirib turadi va shuning uchun ham o`zgaruvchan epiteliy deb ataladi.