13. Interfaza va xujayra bo’linishi davrlaridagi xromosamalarni tuzilishi va axamiyati. Xromatin. Xromatin yoki xromatin to`ri interfazadagi yadroning ipsimon cho`zilgan xromosomalaridan iborat. Interfazada xromatin bo`yoqni yaxshi qabul qilmaydi, oddiy (yorug`lik), mikroskop ostida nozik ipcha shaklida ko`rinadi. Xromatinning asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir. Yadroning interfaza davrida ishqoriy bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yaluvchi qismlari (spiralizatsiya natijasida) geteroxromatin bo`limlar deb nomlanadi. Bu bo`limlar xromosomalarning boshqa qismlari, euxromatindan keskin farqlanib turadi . Euxromatin qismlari interfazadagi yadro xromosomalarining despirilizatsiyasiga uchrab nozik to`r hosil qilgan bo`limlaridir.
Xromosomalarning geteroxromatin bo`limlari yana xromotsentrlar deb nomlanib, ular yadrochaga birlashib ketganligi tufayli yadrocha xromatini deb ham aytiladi. Xromatinning geteroxromatin qismlari xromosomaning telomerlar, sentromerlar soxasiga to`g`ri keladi. Geteroxromatin qismlari euxromatin qismlari funktsiyasiga kuchli ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda struktur va fakultativ geteroxromatin farqlanadi. Fakultativ geteroxromatin vaqtinchalik kondensatsiyaga uchragan xromatin bo`lib, struktur geteroxromatin esa doimo kondensatsiya holatida bo`ladi.
14. Xujayra metabolizmi jarayonida xujayra tuzilmalarining o’zaro munosabatlari (oqsil va boshqa moddalarning sintezi misolida). ---------------------------------------------------------
15. To’qimalar haqida tushuncha. Klassifikatsiya. Gistologiya fanining tibbiyot uchun axamiyati. Gistologiya hujayralar va to’qimalarning tuzilishi va o’zaro joylashuvi qay tarzda organizm a’zolarining samarali faoliyat ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatishini o’rganuvchi fan.
To`qima umumiy tuzilishga ega bo`lgan, ma’lum funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar va hujayra bo`lmagan tuzilmalar majmuasidan iborat. To’qima ikki komponentdan - hujayra va hujayralararo moddadan iborat. Hujayralararo modda trofik, tayanch, sekretor kabi vazifalarni bajaruvchi asosiy tuzilma. Hujayralararo modda turli molekulalardan iborat bo’lib, ayrimlari yuqori shakllangan va murakkab strukturalar hosil qiladi. Hujayra va hujayralararo modda yagona sistemani hosil qilib, ular birgalikda stimullovchi va tormozlovchi ta’sirotlarga javob beradi. Asosiy to’qimalarning har biri, ushbu to’qimaga xos bo’lgan, bir necha xil hujayralar turkumini (assotsiatsiyasini) o’z ichiga olgan hujayralar va hujayralararo moddadan tashkil topgan.
4 xil to`qima mavjud: 1. Epiteliy to`qimasi. 2. Ichki muhit to`qimasi (tayanch-trofik va himoya to`qima, biriktiruvchi to`qima). 3. Mushak (muskul, to`qimasi. 4. Nerv (asab) to`qimasi. Bulardan epiteliy va biriktiruvchi to`qima eng qadimiy hisoblanadi. Rivojlanishining so`nggi bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashishi bilan birga mushak va nerv to`qimalari takomillashadi. Mushak to`qimasi harakat funksiyasini bajarishda ishtirok etsa, nerv to`qimasi hamma to`qimalarni o`zaro bog`lab turadi. To`qimalarning hosil bo`lish jarayoni gistogenez deb yuritiladi.