Olympiad uzedu uz Telegram



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#160964
  1   2   3   4
2 5300865520239653368



 
 olympiad.uzedu.uz Telegram (
https://t.me/olimpdep
)
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) 
Biologiya 10-sinf 
 
20.10.2023 11:00-12:30 
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi 
1. Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi, 
xromatidalari mustaqil xromosomaga aylanadi? 
A) profaza
B) anafaza
C) telofaza
D) metafaza 
2. Bu hayvon tanasi jun bilan qoplangan, quloq suprasiga ega, o‘txo‘r, oshqozoni to‘rt bo‘lmali. Qaysi hayvon 
haqida ma’lumot berilganligini aniqlang.
A) begemot
B) to‘ng‘iz
C) qulon
D) zubr 
3. Autotrof oziqlanuvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang. 
1) evglena; 2) pichan bakteriyasi; 3) olingugurt bakteriyasi; 4) nostok; 5) zarpechak; 6) nitella; 7) floks;
8) xrokokk 
A) a-1, 4; b-3, 8
B) a-1, 6; b-3, 4 
C) a-1, 3; b-4, 8
D) a-7, 6; b-2, 3 
4. Sxemada moddalar almashinuvi bosqichi aks ettirilgan. Mazkur bosqichga xos jarayonlarni aniqlang. 
1) energiya sarf bo‘lishi bilan boradi; 2) energiya ajralishi bilan boradi; 3) 2 molekula ATF sintezlanadi;
4) barcha energiya issiqlik sifatida tarqaladi; 5) kislorod sarflanadi 
A) 1, 5
B) 2, 3
C) 2, 4
D) 3, 5 
5. Mitoz sikli profaza bosqichida kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang.
1) bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishi boshlanadi; 2) xromosomalar hujayra qutblariga to‘planadi; 3) yadro 
qobig‘i shakllanadi; 4) xromosomalar despirallashadi; 5) xromosomalar ikki xromatidadan iborat bo‘ladi 
A) 1, 5
B) 2, 3
C) 4, 5
D) 1, 4 
6. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang.
1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari 
sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk 
aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ - poyaga ega. 
A) 2, 4
B) 5, 6
C) 3, 6
D) 1, 3 
7. Gultojbarglarga xos fikrlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini aniqlang.
1) kartoshkada - o‘zaro qo‘shilib “nay” hosil qiladi; 2) qashqarbeda o‘simligida - kapalak shaklida;
3) sachratqi o‘simligida - rivojlanmagan; 4) yerbag‘ir tugmachagulda - gulkosachadan 2 marta uzun;
5) oddiy g‘o‘zada - ikki qavat tuzilgan; 6) barbados g‘o‘zasida - limon rangda
A) 1, 3, 4
B) 2, 5, 6
C) 1, 2, 4, 6
D) 3, 5 
8. Qashqaldoq (a) va qorayaloq (b) ga tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada 
burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi
A) a-2, 7; b-3, 5
B) a-2, 3; b-4, 6
C) a-1, 5; b-2, 6
D) a-6, 7; b-1, 5 
9. Buyrak yallig‘lanishi (a), qovuq yallig‘lanishi (b), siydik chiqarish yo‘lini yallig‘lanishi (c) kasalligi qanday 
nomlanadi?
A) a - nefrit, b - sistit, c – uretrit 
B) a - sistit, b - nefrit, c - uretrit 
C) a - uretrit, b - sistit, c – nefrit 
D) a - prostatit, b - nefrit, c - sistit 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin