olympiad.uzedu.uz Telegram (
https://t.me/olimpdep
)
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
Biologiya 10-sinf
20.10.2023 11:00-12:30
28. Diploid navli makkajo‘xori changdonida dastlabki jinsiy hujayralar soni 1260 ta. Bu hujayralar meyoz va
mitoz usulda bo‘lindi. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori spermiylarining 40%i qatnashgan bo‘lsa,
urug‘lanish jarayonida qatnashmagan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang.
29. Qand lavlagi tarkibida shakarning bo‘lishi uch juft polimer genlarga bog‘liq. Agar barcha genlar dominant
holatda bo‘lsa, qand lavlagi tarkibida 30 mg shakar, barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa 18 mg shakar
saqlanadi. Agar trigeterozigota o‘simliklar tahliliy chatishtirilsa, olingan 960 ta o‘simlikdan qanchasining
tarkibida 18 mg shakar bo‘ladi?
30. Oqsil molekulasi fragmenti sintezida quyidagi antikodonlarga ega t-RNK molekulalari ishtirok etdi: ACC,
CUC, UGA, CCA. Sintezlangan oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlang. Topshiriqni
yechish uchun genetik kod jadvali (1-jadval)dan foydalaning. 2-jadvaldan foydalanib, aminokislotalarning
raqamlarini yozing.
1-Jadval
2-jadval
Aminokislota
Raqam
Alanin
1
Arginin
2
Asparagin kislota
3
Valin
4
Triptofan
5
Glitsin
6
Glutamin kislota
7
Izoleysin
8
Treonin
9
Dostları ilə paylaş: |