13-mavzu: Qarilik davri psixologiyasi Qarilik ham inson umrining bir qismi boʻlib bu davr psixologiyasi ham ancha koʻp oʻrganilishga muhtoj. Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri deb ataladi. Koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, bu davr 60 yoshdan keyin boshlanadi. Baʼzi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya taʼkidlashgan. Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga boʻlish mumkin: qariyalar, keksalar, uzoq umr koʻruvchilar.
Mutaxassis Bernsayd bu davrni turli yosh chegarasidagi 4 guruhga ajratib koʻrsatgan
Oʻzi bunday olib qaralsa, qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir.
Inson qarigani nimalarda koʻrinadi?
Avvalo .
Mutaxassis Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan maʼlum bolishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, koʻproq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning koʻpchiligida koʻrishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Koʻz gavhari elastikligining yoʻqotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Koʻz gavhari strukturasining oʻzgarishi aniq koʻrmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib kelishi mumkin.
Taʼm bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb oʻzgarmaydi. Shirinni sezish qobiliyati oʻzgarmaydi achchiqni sezish biroz kamayadi.
Bugungi kunda dunyo aholisining keksayish jarayoni ketmoqda yaʼni tugʻilish kamayib ketganligi natijasida rivojlangan davlatlarning oʻrtacha yoshi kattalashishda davom etmoqda. Tarix mobaynida insonning oʻrtacha umr koʻrish yoshi oshib bormoqda.
Keksayishning kompleks nazariyalari. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urgʻu beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish koʻp qirrali jarayon boʻlib, u oʻzaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogʻliqdir. Har bir insonga oʻziga xos keksayish yoʻli xos. Dj.Terner, D.Xelms uch oʻzaro bogʻliq jarayonni ajratib koʻrsatadilar:
Psixologik keksayish — individ oʻzi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan oʻzini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda boʻladi.
Biologik keksayish — yosh oʻtishi bilan organizmda oʻzgarishlarning sodir boʻlishi. Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday bogʻlaydi?
Bu kabi savollar bilan keksayish va uning biologik ijtimoiy va psixologik jarayonlarini ochib bergan.
Test Insonning roʻy bergan narsalarni anglash va unga moslashishi keksalikning qanday belgisi sanaladi?
Biologik
Ijtimoiy
Psixologik
Siyosiy
Mutaxassis Brensayd insonning keksalik davrini 4 bosqichga boʻlib, uni oʻrgangan holda uning 4 bosqichni necha yosh deb belgilaydi?
60-69
70-79
80-89
90-99
Tarixchilar fikricha, oʻrta asrlarda inson umri davomiyligi necha yil boʻlgan?
18-25- yil