116
QARILIK PSIXOLOGIYASI VA QARILIKDA KECHADIGAN
PSIXOLOGIK VA FIZIOLOGIK JARAYONLAR
Andijon davlat universiteti
ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabasi
G’ulomova Diyora Axlidin qizi
Andijon davlat universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi
Karimov Ozodbek
Anotatsiya:
Xozirgi kunda bizning yurtimizda qariyalar uchun katta e’tibor
qaratilmoqda bu xechkimga sir emas.Oilada
qariyalarni e’zozlash ularga xurmat
ko’rsatish bizning qadriyatlarimizga aylangan.Quyida qariyalarning hayot tarsi ularning
psixikasidagi holatlarni bilib olasiz.
Kalit so’zlar:
Qarilik,rivojlanish,krizis,psixologik o’zgarishlar.
Qarilik, keksalik (qarish) — organizm hayotining yoshga bogʻliq muayyan bir davri,
muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon. Aʼzo va sistemalarda oʻziga xos oʻzgarishlar
roʻy berib boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari
susayishiga olib keladi. Odamlarning qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90
yoshdan oshgan kishilar uzoq umr koʻruvchilardir), bu fiziologik qarilikdir, bunda akliy
va jismoniy quvvat, maʼlum ish qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi.
Turli noxush tashqi va ichki taʼsirotlar barvaqt yoki patologik qarikikka olib keladi.
Odatda, qarilikning dastlabki belgilari odamda yetuklik davridan (shartli ravishda 60
yoshdan) soʻng boshlanadi.
Lekin aslini olganda, qarilik organizmning oʻsishi va
rivojlanishi toʻxtagandan keyin sezila boshlaydi. Mas, 30—35 yoshlarda biologik
jarayonlarning faollik darajasi pasaya boshlaydi. Qarish turli toʻqima va aʼzolarda bir
vaqtda boshlanmaydi va turli darajada kechadi, u organizm hujayralari yashash
xususiyatlarining asta-sekin susaya borishidan iborat. Dastlab qarilik tufayli boshlangan
oʻzgarishlar amalda organizmning hayot sharoitlarining keskin oʻzgarishlariga
moslashuvchanlik
jarayonini buzmasada, ammo borabora yosh ulgʻayib, oʻzgarishlar
kuchayganda organizm bunga endi ancha qiynalib moslashadi. Xususan, bu kasallik
davrida, jismoniy va ruhiy zoʻriqishlarda bilinadi. Qarish jarayoni, birinchi navbatda,
yuraktomir va nerv sistemasiga taʼsir qiladi; bunda bir faoliyatdan ikkinchisiga oʻtish
117
qobiliyati qiyinlashadi. Tormozlanish jarayonining yetarli boʻlmasligi
nerv sistemasi
qoʻzgʻaluvchanligining oshishiga olib keladi, shu tufayli atrofdagi narsalarga moslanish
va javob reaksiyalari sust ishlanib, sekin yoʻqoladi; emotsional beqarorlik kuchayadi
qarilik oʻpincha turli xil surunkali kasalliklar bilan kechadi,
bu barvaqt qarib qolishga
olib kelishi mumkin. Umuman yoshga xos oʻzgarishlar bilan kasallanish oʻrtasida
maʼlum darajada bogʻliklik bor. Qarilikda organizmning moslanuvchanlik va tiklanish
imkoniyatlari susayadi, bu — kasalliklarning avj olishiga va ularning ancha ogʻir
oʻtishiga sabab boʻladi. Shuning uchun kasallikning oldini olish barvaqt qarishga yoʻl
qoʻymaslikka yordam beradi. Hozirgacha qarilik sabablari toʻgʻrisida aniq fikr yoʻq, lekin
u bir qadar irsiyatga ham bogʻliq. Baʼzi oilalarda uzoq umr koʻruvchilarning
nasldannaslga oʻtganligi maʼlum. Ayollarda qarilikning erkaklarga nisbatan kechroq
kuzatilishi genetik apparatning xususiyatlariga va boshqalar omillarga (mas,
ayollarda
chekish, spirtli ichimliklar ichish kam) ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Maʼlumki, qarilik
surʼati turlicha boʻladi: baʼzilarda 75—80 yoshda, hatto ancha keyin ham turli ishlar bilan
shugʻullanish uchun kuchquvvat va imkoniyat boʻladi. Biroq yosh oʻtishi bilan barcha
odamlarda mehnat qobiliyati pasayadi, salga toliqadi. Shu sababli, yosh oʻtganda
kishining ahvoli yaxshi boʻlsa ham ogʻir ish qilmaslik kerak. qarilik davrida ovqatlanish,
mehnat va dam olish rejimiga qatʼiy
rioya etish, uxlashdan oldin ozroq sayr qilish,
chiniqish muolajalari va boshqalar katta ahamiyatga ega. Biroq chiniqish muolajalari
turini va muddatini, albatta, vrach bilan maslahatlashib olgan maʼqul. Aytib oʻtilganlarga
amal qilish barvaqt qarilikning oldini oladi va uning maromida kechishiga, shuningdek,
odamning jismoniy va maʼnaviy imkoniyatlarini iloji boricha saqlab qolishga olib keladi.
Qarilik sabablari va sirasrorlarini gerontologiya, ularda kechadigan
kasalliklarni esa
geriatriya fani oʻrganadi.
Qarilik davrida ko'pgina psixologik funktsiyalar va jarayonlarda o'zgarishlar yuz
beradi. Ammo, umuman olganda, biz ushbu o'zgarishlarning hamma odamlarda teng
ravishda sodir bo'lmasligini tasdiqlashimiz mumkin, ammo bu jismoniy sog'liq, genetika
kabi omillar ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillar yoki intellektual va ijtimoiy faollik
darajasi.
Qarilik davrida yuzaga keladigan psixologik o'zgarishlar.