5. Xujayra sintetik apparatining struktur tashkiloti: endoplazmatik to’r, ribosomalar, Golji kompleksi. Ribosomalar mayda, 20-30 nm.li elektron tanachalar. Ular 4 tipdagi rRNK dan va 80 ta turli oqsillardan tashkil topgan. Alohida ribosomalar i RNK ipchalari holida ushlanib turiladi. Ularni poliribosomalar (polisomalar) deyiladi. iRNK orqali o’tadigan axborot kod bo’lib xizmat qiladi. Ribosomalarning translyatsiya (o’tkazish) yoki kodni ochishda ahamiyati katta.
Endoplazmatik to’r anastamozlar to’ridan iborat bo’lib, kanalcha va qopchalardan tashkil topgan, bir-biri bilan bog’langan tsisternalarni hosil qiladi. Ularning devori uzluksiz membranadan tashkil topgan. Turlari: granulyar va arganulyar (donador yoki donasiz). Endoplazmatik to’rning vazifalari: 1.Sintez: kimyoviy reaktsiyalar kechish joyini belgilaydi, a) Silliq EPT lipid va uglevodlarni sintezlaydi b) Donador EPT plazmatik membranadan chiqariladigan oqsillar, kiritmalar va lizosomal fermentlarni sintezlaydi. 2.Transport: tsitoplazmada yutilgan molekulalarni bir tsisternadan hujayraning boshqa qismiga tashish. 3.Saqlash: yangidan hosil bo’ladigan molekulalarni saqlash. 4.Detoksikatsiya: Silliq EPT dori va alkogolni zararsizlantiradi.
Goldji apparatiyoki Goldjikompleksida hujayrada sintezlangan mahsulotlar modifikatsiyalanib, qadoqlanadi va qayerga borishini belgilab beradi. Bu organellalarni membranalardan tashkil topgan silliq tsisternalari hosil qiladi.
6. Xujayra energetik apparatining struktur tashkiloti: mitoxondriyalar. Ularning tuzilishi va vazifalari. Mitoxondriya sferik yoki ipsimon, qo’sh membranali organella bo’lib, aerob parchalanishning maxsus fermentlari va ATF maxsulotini o’zida saqlaydi. Mitoxondriya odatda cho’zinchoq shaklda bo’lib, diametri 0,5 -1 mkm, uzunligi 10 mkmgacha bo’ladi. Ular tsitoplazma xarakatlanayotganda mikronaychalar orasida uchraydi. Ko’proq hujayra tsitoplazmasining energiya sarfi yuqori bo’ladigan yerlarida to’planadi. Masalan, kiprikli hujayralarning apikal qismida, spermatazoidlarning o’rta qismidagi segmentida, ion tashuvchi hujayralarning bazal qismida. mitoxondriyaning ultrastruktur tuzilishi ikki qavatli va turlicha tuzilgan membranalar birgalikda ikkita bo’limni tashkil qiladi: chuqur joylashgan matriks va tor membranalararo bo’shliqni.Mitoxondriyaning qo’sh membranasi yuqori zich oqsil molekulalarida tuzilgan. Tashqi membranasi elakka o’xshaydi, membranalararo oqsillardan tuzilgan. Ichki membranada burmalar bo’lib, kristalarni hosil qiladi. Boshqa membranali organellalardan farqli, membranalarida oqsil molekulalari ko’p bo’ladi. Mitoxondriyada 3 xil RNK bo’ladi: ribosomal (rRNK), information (iRNK), transport (tRNK).