1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Xujayraning maxsus organellalari: mikrovorsinkalar, kiprikchalar, stereotsiliyalar, miofibrillalar, tonofibrillalar, akrosoma, xivchin



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə6/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

9. Xujayraning maxsus organellalari: mikrovorsinkalar, kiprikchalar, stereotsiliyalar, miofibrillalar, tonofibrillalar, akrosoma, xivchin.
Kiprikcha-Kalta, ko’p sonli mikronaychalar tufayli ushlab turiladigan membranal kengaymalar, ular ba’zi hujayralarning yuzalarida uchraydi. Vazifasi:Moddalar xarakatini hujayra yuzasida ta’minlash.
Xivchin-Mikronaychalar orqali ushlab turilgan uzun, membranal singulyar kengaymalar. Spermatozoid hujayralarida uchraydi. Vazifasi: Spermatozoid xarakati.
Mikrovorsinka-Mikrofilamentlar yordamida hujayraning erkin yuzasida hosil bo’luvchi ko’p sonli ingichka, Membranal o`simta. Vazifasi: Membrananing so’rish yuzasini oshirish.
Miofibrillalar mushak to`qimasida uchrab, aktin, miozin, tropomiozin, a-aktinin kabi oqsillarni tutadi. Mushak to`qimasida bu oqsillar juda ko`p bo`lib, tutamlar - miofibrillalarni hosil qiladi.
Epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar boshqa hujayralarda ham uchrovchi mikrofibrillalarning katta bir to`plamidir. ular nozik ipchalar shaklida bo`lib, desmosomalarda tugaydi. Tonofibrillalar epiteliy hujayrasining mustahkamligini belgilaydi.
Stereotsiliyalar urug’don ortig’i va urug’ olib chiqaruvchi kanal hujayralarining uzun, xarakatsiz o’simtalari, aslida ular uzun va shoxlangan mikrovorsinkalardir. Stereotsiliyalar hujayra yuzasini oshiradi va hujayra ichiga va undan tashqariga molekulalarni olib o’tishni osonlashtiradi. Steriotsiliyalarni xarakatchan ixtisoslashganlariga ichki quloqdagi sensor xujayralar misol bo’ladi.
Akrosoma bu maxsus lizosoma. Bu nurli toj xujayralarning ajratib va yaltiroq pardaning erib ketishiga olib keladi. Akrosomada bir qancha gidrolitik fermentlar bor:gialuronidaza, neyraminidaza, kislotali fosfataza, tripsinsifat proteaza, akrozin. Spermatozoidlar akrosomal fermentlari yordamida ootsitning qobig’ini eritadi.


10. Kiritmalar. Klassifikatsiyasi, kimyoviy va morfofunktsional tavsifi. Gialoplazmaning fizik-kimyoviy xususiyatlari va xujayra faoliyatidagi axamiyati.
Kiritmalar ma’lum turdagi molekulalar to’planishi (melanin oqsili, glikogen yoki yog’lar). Vazifasi: ushbu molekulalar uchun vaqtinchalik zaxira vazifasini bajaradi. Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo`lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va fagotsitoz yo`li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo`ladi.
Ular har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida bo`ladi. 1. Trofik kiritmalar (yog` tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to`plamlari, vitaminlar va boshqalar). 2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar). 3. Ekskretor kiritmalar (o`t kislotasi, mochevina va b.) 4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofustsin va boshqalar).
Glikogen kiritmalar jigar hujayrasi sitoplazmasida, ko`ndalang-targ`il mushak tolalarida yirik-yirik to`plamlar holida bo`ladi. Mushak tolalaridagi glikogen energiya manbai hisoblanadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin