Internet reklama
Reja:
Reklama tarixi
Internet tarmogi
Internet reklama haqida
Reklama tarixi
Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar- albumslar tiklangan. Bu devorlarga turli xabarlar ko'mir bilan yozilgan. Maxsus reklama uchun devorlar qolib, boshqa devorlarda ham reklamalar to'lib ketganidan Rim ma'muriyati qaror chiqarishga majbur bo'ladi. Qarorda “Devorlarga yozish man etiladi. Kimki yozsa, unga g'am-alam, omadsizlik bo'lsin”, -deyiladi.
XV asrda harakatlanuvchi bosma harflarning kashf etilishi reklama ishining yanada tarqqiy etishiga sabab bo'ldi. 1450 yilda Guttenberg Yevropada pechatli (bosma) varaqalarni ishlab chiqara boshladi. Guttenberg kashfiyotini qabul qilgan Angliyalik Uilyam Kokoston 1473 yili birinchi reklamasini pechatli bosma varaqada chiqaradi. Bu pechatlangan varaqalarda diniy kitoblar targ'ibot qilingan edi.
Bundan bir asrdan ortiqroq muqaddam Atlantada, to'g'rirog'i, Jorjiya shtatida Farmatsevt Jon Pemberton mahsulot yaratadi. U 1886 yili ma'lum bir o'simlik va yong'oqning hidini beruvchi, jigarrang, xushta'm sirop yaratdi. O'sha yili 1 mayda Pembertonning eleksiri har stakani besh tsentdan yaxob tarzida sotiladi. Muvaffaqiyat ketma-ket kela boshladi. 29 mayda Atlantaning “Djornl” gazetasida mazkur ichimlik katta sahifada reklama qilindi. Shahar aholisi yopirilib kela boshladi. Bu hozirgi mashhur “Coca-cola” edi. Muhimi shundaki, o'shanda ham, hozir ham shu ichimlik reklamasi matnida qo'yidagi so'zlar uchraydi.
Muhimi shundaki, o'shanda ham, hozir ham shu ichimlik reklamasi matnida qo'yidagi so'zlar uchraydi.
Internet
Internet- Bu global tarmoq bo’lib ikki yoki undan ortiq kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lovchi tarmoqdir. U mahalliy, mintaqaviy, global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topgan.
Internet reklama
Internet reklama yoki internetda reklama internetga joylashtirilgan turli xil grafik va matnli reklama materiallarini o‘z ichiga oladi.
Internet reklama bozori 1990 yillarning o‘rtalarida shakllana boshlagan. Butun jahon o‘rgimchak to‘rining rivojlanib borishi reklama sohasining takomillashuviga olib keldi. Internet reklama bozori 1990 yillarning o‘rtalarida shakllana boshlagan. 2000 yillarga kelib internet iste’molchilar uchun ma’lumot almashishning asosiy eng asosiy vositasiga aylandi.
Internet-reklama boshqa turdagi reklamalardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
veb-muhitdagi reklama manzilli bo‘lib, reklamaning auditoriyasi sonini aniq bilish mumkin;
narx jihatdan arzon;
auditoriyaning tarkibi moddiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan aholi qatlamidan iborat;
internetning o‘zida barcha savollarga javob olib, mijozlar bilan bevosita aloqaga chiqish usullari mujassam;
internetda TVdan farqli ravishda reklama vaqti chegaralanmagan;
internetda reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatlar haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘qish uchun qulay uslubda bera olish imkoniyati mavjud;
matn, rasm, ovoz, video va hokazolar bir vaqtning o‘zida beriladi;
internet-reklamaning mobil xususiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Бокарев Т. Энциклопедия интернет-рекламы. -М.:Издательство «ПРОМО-РУ», 2000 г.
Высоткин А. Реклама в Internet: тонкости, советы, примеры и способы работы. М., 1999
Гуров В.В. Интернет для бизнеса. М., 1997
Dostları ilə paylaş: |