33. Irsiyatda nuklein kislotalarning roli Organizmda moddalar almashinuvi va irsiy axborotning nasldan-naslga o‘tishida xromosomalar rolining o‘rganilishi bilan genetika fanining molekulyar asoslari yaratildi Xromosomalarning ximiyaviy tarkibi oqsil va DNKdan tashkil topgan. Ko‘pchilik genetik olimlar avvallari irsiyatning moddiy negizi oqsil deb hisoblaganlar. Lekin 1928 yilda angliyalik bakteriolog F.Griffits, 1944 yilda AQSH mikrobiolog genetigi O.Everi tomonidan bakteriyalar ustida olib borilgan tajribalar asosida irsiyatning negizi oqsil emas, nuklein kislotalar ekanligi aniqlandi.Ya’ni, bu tadqiqotlar natijasida organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganish yangi pog‘onaga – molekulyar darajaga etdi.Hozir bakteriyalarning ko‘p turiga qarshi kurasha oladigan bakteriofaglar (bakteriyalarni o‘ldiruvchi viruslar) topildi va ular meditsinada keng qo‘llanilmoqda.Bakteriofag – oqsilli qobiq va uning ichini to‘ldiradigan DNK molekulalaridan iborat. U bakteriya tanasiga yopishib unga o‘zining DNKsini yuboradi. Bunda oqsilli qobiq tashqarida qoladi.