2.Biologiya faning tarixiy rivojlanishi. Dastavval qadimgi yunon faylasuflari tabiat hodisalarini va dunyoni tabiiy kelib chiqishini izohlashga moddiylik asosida yondoshdilar. Demokratiklarcha o‘lik va tirik jismlar atomlardan iboratligini hamda material tanacha xususiyatga shu atomlar kattaligi, shakli ularning joylashish tartibi va miqdoriy nisbatlariga bog’liqligini uqtirdi. Aristotel (e.a. 384-322 y) dunyoning real mavjudligi va uni anglab olish mumkinligini ta’kidladi. U biologiya sohasida ko’p ishlar qildi va hayvonlarning 510 turini izohlab, ilk bor ular tasnifini keltiradi. U tabiatning umumiy uyg’unlik va rivojlanishi jarayonida murakkablashishi kabi g’oyalarni ilgari surdi.