3, Biologiyani o’rganishdagi metodlar. Biologiyaning rivoji bilan uning turli tarmoqlari o‘zining taraqqiyot yo‘nalishi bo‘lgan alohida fan sifatida shakllanadi. O‘simlik olamini botanika, mavjudotlari tuzilishi va faoliyatini anotomiya, gistologiya, fiziologiya, irsiyatning genetikasi, organik olamning tarixi rivojlanishini evolyusiya, mavjudotlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan uzviy aloqasini biologiyaning ekologik tarmoqlari o‘rganadi. Shuning uchun ham hozirgi biologiya tiriklik haqidagi murakkab fanlar majmuidan iboratdir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi. Kuzatish metodi, taqqoslash metodi, tarixiy metod, eksperimental metod, modellashtirish metodi. Kuzatish metodi organizmlar va ularnvng atrofidagi muhitda ro‘y beradigan xodisalarni tasvirlash va tahlil qilish, imkonini beradi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda.