9, Hayotning paydo bo’lishi haqida 1.Hayot ilohiy kuch ishtirokida yaratilganligi xaqdagi kreotsinizm.2.Xayotni o'lik tabiatdan birdaniga paydo bo'lganligi xaqida;3.Xayotning abadiyligi to'g'risidagi;4.Erdagi xayotning o'zga sayyoralardan kelganligi xaqida;5. Xayotning bioximiyaviyq Evolutsiya natijasi ekanligi to'g'risidagi nazariyalar.yaxudiy, hristian va islom dinida Erdagi xayot hudoning amri bilan paydo bo'lgan, degan qarash keng tarqalgan. Xayot paydo bo'lishi muammosi fan va tehnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda turlicha xal etilgan. Shunga ko'ra, qadimgi zamonda va o'rta asrlarda baliqlar va baqalar daryo balchig'idan, qurtlar buzilgan go'shtdan, kapalak qurtlari, qo'ng'izlar tuproqdan paydo bo'ladi, degan fikrni quvvatladilar. XVI asrda yashagan biolog vrach Van Gelmont sichqonlar dondan, vrach Paratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo'ladi, degan fikrni targ'ib qildilar. Paratsels xatto kichkina tirik odam — gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini xam tuzgan.