20.Tirik organizm o'z-o’zini boshqaradigan va o'zini doimiyligini ta'minlovchi biologik sistema sifatida.
Bunday sistemaning mavjudligi va faoliyati o‘zi uchun kerakli energiya va kerakli moddalarni oladigan tashqi muhit bilan munosabati asosida ta’minlanadi.Umuman, tirik mavjudotlarning mavjudligi va rivojla-nishi genlar programmasi asosida yuz beradigan nuklein kislotalar va oqsillarning yangilanib turilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, shu genlarning mavjudligi va faoliyati ham shu oqsillar bilan bog‘liq (genlar ma’lum organizmlarda shakllanadi).Organizmlardagi boshqarish mexanizmlari har xil tashqi va ichki ta’sirlarga reaksiyasi sifatida ichki muhit doimiy-ligini (gomeostaz) ta’minlashni boshqarishga qaratilgan.Gendan informatsiya RNK orqali sitoplazmaga o‘tadi. SHu bilan birga, gen DNKning bir qismi sifatida oqsil-gistonlar bilan birga xromosoma tarkibiga kiradi. Xromosomalar esa, o‘z navbatida yadroda bo‘lib, u hujayradagi sitoplazmada mavjud. Bir xil hujayralar to‘plami to‘qimani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |