14, O'simliklarning ko'payish usullari. Organizmlar asosan jinsiy va jinssiz usullarda ko‘payadi. Jinsiy ko‘payish urug‘lanish orqali amalga oshadi. Jinssiz ko‘payish esa sporalar (zamburug‘lar) va vegetativ usulda amalga oshadi.Vegetativ usulda ko‘paytirganda (qalamchalari, tuganaklari, piyozchalari va h.k.) o‘simliklarning irsiyati o‘zgarmaydi. SHuning uchun ham amaliyotda bu usuldan keng foydalaniladi. Masalan, kamyob navlarni jadal ko‘paytirishda, mevali daraxtlarning navlari, tok, qulupnay, kartoshka, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni ko‘paytirish ham vegetativ organlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, geterozis samarasi ham shu usul bilan ko‘paytirish orqali saqlab qolinishi mumkin.
15, Gametogenez- O‘simliklarda erkak va urg‘ochi gametalarning (etilgan jinsiy hujayralarning) hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi.Gametogenez ikki bosqichda o‘tadi, sporogenez va gametogenez. Sporogenezda – arxisporiy hujayralaridan (xromosomalar to‘plami diploid) gaploid xromosomali jinsiy hujayralar – makro va mikrosporalar hosil bo‘ladi. Gametogenezda – makro va mikrosporalarning yadrolari bir necha marta mitoz bo‘linib, gaploid xromosomali etilgan jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Gulli o‘simliklarda chang donachasi (mikrospora) hosil bo‘lish jarayoniga mikrosporogenez deyiladi. CHang donachasining ikki marta mitoz bo‘linib vegetativ va generativ yadrolarga ega bo‘lgan gametalarning hosil bo‘lish jarayoniga – mikrogametogenez deyiladi.