O‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda biotexnologik usullardan foydalanish istiqbollari Qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan o‘simliklarning katta qismi har yili turli xil kasalliklar hisobiga nobud bo‘ladi. O‘simlik kasalliklarini asosan uch toifaga mansub parazit mikroorganizmlar chaqiradi. Ular viruslar, bakteriya va zamburug‘lardir. Viruslar 300 ga yaqin turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik tug‘diradi. Fitopatogen zamburug‘lar va bakteriyalarga nisbatan bu ko‘rsatgich uncha yuqori emas: o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atadigan zamburug‘lar va bakteriyalarning soni bundan 100 marta ko‘proqdir. Biroq virusli kasalliklarning xavfi, keltiradigan zarari, bakterial va zamburug‘li kasalliklarga nisbatan kam emas, balki ulardan yuqori hamdir. Kasallangan o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi, hosilning sifati va miqdori kamayib ketadi. Virusli infeksiyalarga qarshi kurashning qiyinligi shundaki, ular o‘simlik yoki hayvon organizmida obligat parazit hisoblanadi. Ularni yo‘qotish tirik organizm hujayralarining o‘zini nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Viruslar bilan kasallangan o‘simliklarni amalda to‘liq davolash mumkin emas, ular bilan kurash usullari, asosan, viruslarni kelib chiqishi va tarqalishini oldini olishga asoslanadi. Ekish materiallarini sog‘lomlashtirish va ularni virusli infeksiyalardan himoya qilishda ajratib olingan to‘qima va organlardan foydalanish usuli keng imkoniyatlar ochdi. Tabiiy sharoitlarda o‘simliklaming kasallik chaqiruvchi fitopatogen zamburug‘lar boshqa zamburug‘ larning parazit holda yashab, ko‘payish holatlari ham ko‘p uchraydi. Boshqa parazit zamburug‘larda rivojlanadigan parazit zamburug‘lar ikkilamchi tartibdagi giperparazitlar degan nom bilan yuritiladi. Agar birinchi parazit qaysidir kasallikni chaqiruvchisi bo‘lsa, ikkinchisidan shu kasallik bilan kurashda foydalanish mumkin. Biotexnologiyaning vazifasi ochiq va himoyalangan yer sharoitidagi fitopatogenlarga qarshi kurashda ishlatiladigan mikrobiologik preparatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining ishlanmasini tuzishdir. O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan antibiotik moddalar alohida o‘rin tutadi. Ular evolutsiya jarayonida mikroorganizmlarning bir-biriga nisbatan kuchli kurash vositasi sifatida kelib chiqqan. O‘simliklarni himoya qilishda ba’zi antibiotiklardan foydalanish biotexnologiyada yangi yo‘nalishlar - turli xil agroximikatlar, ular orasida mikroblar asosida olingan gerbitsidlar, hayvonlardan olinadigan attraktantlar, ekdizonlar, fitogormonlar va boshqa xil moddalarni ham olish yo‘llari va qishloq xo‘jaligida qo‘llash istiqbollarini ochib berdi. Antibiotiklar fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladigan boshqa vositalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular o‘simliklarning organ va to‘qimalariga oson kirib boradi, shuning uchun ularning ta’sir etish mexanizmi tashqi muhit omillariga juda kam darajada bog‘liqdir. O‘simlik hujayralariga, ayniqsa, neytral tabiatli (xloramfenikol, pentsillin) oson o‘tsa, amfoterlari (xlortetratsiklin, oksitetrasikiri) va asosli-antibiotiklar (neomitsin, streptomitsiri) qiyin o‘tadi.