1. Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Ontogonezda felogenezning takrorlanishi to‘g‘risidagi axborotlar tahlili



Yüklə 114,26 Kb.
səhifə5/16
tarix22.09.2023
ölçüsü114,26 Kb.
#146867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
22 zakaz

6 Ontogonezda felogenezning takrorlanishi to‘g‘risidagi axborotlar tahlili

Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketmaket sodir bo‘ladigan morfologik, fi ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton – mavjudot, genezis– rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.


Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivojlanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi.
Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfi biylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi.
Tuxumda rivojlanish sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar va tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kuzatiladi. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik ko‘p bo‘ladi va embrion uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi.
Embrional rivojlanish davri. Bu davr zigota hosil bo‘lishidan boshlanib tug‘ulgungacha yoki tuxum qobig‘idan chiqqunga qadar davom etadi. Embrional davri maydalanish, gastrulatsiya, organogenez bosqichlariga bo‘linadi.
Maydalanish. Zigota hosil bo‘lganidan bir necha soatdan keyin maydalanish bosqichi boshlanadi. Hujayralar mitoz usuli bilan bo‘lina boshlaydi, bo‘lingan hujayralar o‘smaganligi uchun hosil bo‘lgan hujayralarning o‘lchami tobora maydalashib boraveradi.
Gastrulatsiya. Homilaning rivojlanishi davom etib, hujayralarning bo‘lini shi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga o‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi.



Yüklə 114,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin